Ukrainadagi Rossiya qöşinlari qöşma guruhi qömondoni örinbosari general Sergey Surovikin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin tarafdorlarini «tozalaş» işi doirasida qölga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Surovikin isyonga aloqadorlikda ayblanganmi yoki söroq uçun hibsga olinganmi, hozirça aniq emas.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin isyondan keyin tartib va xavfsizlik xizmatlari ustidan nazoratni tiklaşga intilmoqda – mohiyatan, Rossiyada sönggi 30 yil içida birinçi marta davlat töntarişiga uriniş böldi, deb yozdi Financial Times. Surovikinning «yöqolib qolgani» aynan şu bilan boğlanmoqda. 24 iyun kuni ertalab u «vagnerçilar»ni töxtaş va isyonda iştirok etmaslikka çaqirib, videomurojaat qilgan edi, şundan keyin uni heç kim körmagan.
Surovikinning «ğoyib bölişi»ga boşqa ommaviy axborot vositalari va Rossiyaning «harbiy muxbirlari» ham e’tibor qaratdi. Xususan, rossiyalik harbiylarni qöllab-quvvatlovçi «Rybar» telegram-kanali general «şanba kunidan beri körinmagani»ni ta’kidladi. «General Armageddon qayerda ekani noma’lum, u söroq qilinmoqda, degan versiya bor», deb yozdi kanal muallifi.
Harbiy muxbir Vladimir Romanovning aytişiça, Surovikin «Lefortovoga olib ketilgan» (tergov izolyatori). Bu göyo 25 iyunda, isyonning ertasiga sodir bölgan. 28 iyun oqşomida generalning hibsga olingani haqida Rossiya mudofaa vazirligiga yaqin manbalarga tayangan holda The Moscow Times naşri ham xabar berdi. «Aftidan, u [Surovikin] [isyon paytida Prigojin tarafini] tanlagan va ular uni yoqasidan olişgan», dedi naşr suhbatdoşlaridan biri.
Öz navbatida, «Exo Moskvy» radiosi sobiq boş muharriri Aleksey Venediktovning ta’kidlaşiça, Surovikin «Lefortovoda emas», lekin uç kundan beri general va uning qöriqçilari aloqaga çiqmayapti. Şu bilan birga, Surovikinning örinbosari, general-polkovnik Andrey Yudin işdan böşatilgan. Yudinning özi ta’tilda, uyda ekanini aytgan.
28 iyun kuni keçqurun «MIG Rossii» telegram-kanali Surovikin haqidagi miş-mişlarga izoh berib, şunday yozdi: «Tergov harakatlari olib borilmoqda. Ular şuningdek, profilaktika çoralarini ham öz içiga oladi. Turli çoralarni». Ertasi kuni kanal mualliflari Surovikin «Rostovdagi yiğilişda bölgani»ni xabar qilişdi. Jurnalist Dmitriy Kolezevning manbalari bu ma’lumotni tasdiqlamadi. «Bu qöşinlardagi norozilikni bostiriş uçun tarqatilgan ma’lumot bölişi mumkin. Qömondonlar öz komandiri qayerda ekani haqida savol bermoqda», deb yozdi Kolezev.
Jurnalistning manbasiga köra (Kolezev bu qanday manba ekanini aytmagan), Rossiya mudofaa vaziri (Sergey Şoygu) göyoki «Surovikinning qaytişidan qörqadi».













