M-39 Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati hududidan ötgan qismida yettita transport vositasi iştirokida YTH sodir bölgan va ikki kişi vafot etgan.

Jizzax viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 30 iyun kuni soat 10:50 larda sodir bölgan.

Buxoro viloyatida yaşovçi şaxs boşqaruvidagi Chakman şu yönalişda harakatlanayotgan Samarqand viloyati Payariq tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi Epika'ning orqasidan urilgan.

Oqibatda Epika yölovçisi, Payariq tumanida yaşovçi fuqaro voqea joyida, yana bir yölovçi — Xorazm viloyati Xiva tumanida yaşovçi fuqaro şifoxonada vafot etgan.

Uşbu YTHda Toşkent şahri, Jizzax, Buxoro, Qaşqadaryo viloyatlarida yaşovçi şaxslar boşqaruvidagi Sinotruk va Howo yuk maşinalari hamda Lacetti, Cobalt, Nexia-3 yengil maşinalari özaro töqnaşgan. Oqibatda, ularga turli darajada texnik şikast yetgan.

Hozirda holat yuzasidan tegişli tartibda jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.