O‘zbekiston | 08:37 / 01.07.2023
7110
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda Turkiy tilli yoshlarning xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 11-15 iyul kunlari Qo‘qon shahrida Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ushbu xalqaro tadbir yosh avlodning xalqlar tarixi va milliy-madaniy merosiga mehrini oshirish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, umumturkiy madaniy merosni birgalikda dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yoshlarning turizm sohasidagi istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Xalqaro anjumanda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Turkiya va Ozarboyjondan ko‘plab yoshlar ishtirok etadi. 

Festival doirasida kitobxonlik kunini yuqori saviyada tashkil etish, dastur asosida yuqori natijalarga erishgan hamda yoshlarga o‘rnak ko‘rsatadigan ilm-fan namoyandalari, ishbilarmonlar, sport ustalari va hunarmandlar ishtirokida mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, ko‘rgazma, taniqli teatr va kino ijodkorlari bilan ijodiy muloqotlar va boshqa madaniy-kungilochar tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid