Le Burje körgazmasi. Yevropada harbiy dronlar işlab çiqiş jadal rivojlanmoqda
|22:51 / 03.07.202310 82312 min
Ukrainadagi uruş Yevropaning dronlardan foydalaniş böyiça qaraşini özgartirib, harbiy dronlar yaratiş sohasidagi işlarni tezlaştirdi. Iyun oyi oxirida Fransiyaning Le Burjye aeroportida bölib ötgan havo körgazmasida dronlar asosiy mavzulardan biri böldi.
2023 yilgi Le Burjye aviasalonida dronlarga urğu qaratildi. Foto: AFP2023 yilgi Le Burjye aviasalonida dronlarga urğu qaratildi. Foto: AFP
Bu, birinçi navbatda, MALE sinfidagi yirik dronlarga taalluqlidir. Bu nom «medium altitude, long endurance» — «örtaça balandlikda uzoq vaqt uçuvçi» degan ma’noni anglatadi.
Bu dronlar Ukrainadagi uruş kontekstida juda köp gapirilayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda kadrlari ulaşilayotgan kiçik taktik dronlarga nisbatan ehtimol kamroq közga taşlanadi. Ammo Le Burjyedagi körgazmadan aynan uşbu dronlar sinfi hozirda haqiqiy işlab çiqariş «portlaşi»ni boşdan keçirayotganini xulosa qiliş mumkin.
MALE dronlari turli ölçamlarda böladi, lekin ularni bajaradigan vazifalari birlaştiradi.
Bu dronlar, birinçi navbatda, ma’lumot töplaş, kuzatiş, nişonni belgilaş va razvedka uçun möljallangan. Bunday qurilmalar köpinça ança katta böladi, bu ularga özi bilan qurol olib yuriş va yerdagi nişonlarga zarba beriş imkonini beradi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşida, şuningdek, Qoraboğdagi harbiy mojaro paytida internetda MALE sinfidagi maşhur dronlardan biri, Turkiyaning Bayraktar TB2 dronining kameralari tomonidan suratga olingan köplab videolar paydo böldi.
Biroq, bunday qurilmalar havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlaridan juda zaif himoyalangan va şuning uçun ularning zarba beriş qobiliyati havo nişonlari bilan faol kuraşişga qodir bölmagan qurolli tuzilmalarga qarşi köproq qöllanadi.
Aynan şu sabab Ukraina qurolli kuçlari zarbalar berişda TB2 dronidan foydalanişni tezda töxtatdi va bu dronlar havo hujumidan mudofaa tizimlari harakati zonasidan taşqarida razvedka bilan şuğullana boşladi, çunki bu dronlarning jihozlari uzoq masofadan ham kuzatiş imkonini beradi.
Yevropa (xuddi Rossiya kabi) bu sohada ortdan quvayotganlar qatorida edi, ammo endilikda, Le Burjyedagi yangi işlanmalar soniga köra, qit’a eng kamida, bu sohadagi liderlar bilan tenglaşişga tayyorlanmoqda.
Taqdim etilgan Yevropa loyihalarining xususiyatlari köp jihatdan öxşaş bölsa-da, aslida ular bir-biri bilan emas, balki AQŞning MQ-9 Reaper droni bilan raqobatlaşadi. Bu dron 20 yildan ortiq vaqt davomida işlab çiqarilgan MQ-1 Predator droni asosida yaratilgan va Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Polşa hamda Italiya qurolli kuçlarida xizmat qiladi.
Biroq, bunday qurilmalarga bölgan talab tobora ortib bormoqda va kelajakda bozor, katta ehtimol bilan, hamma uçun yetarli böladi.
Mavzuga oid
Rossiya ham şu sinfdagi dronlarni işlab çiqmoqda, biroq Le Burje aviaşousida iştirok etmadi. Rossiyaning «Kronştadt» kompaniyasining «Orion» droni Ukrainadagi uruşda qatnaşmoqda. Bu dron xususiyatlari haqida juda kam narsa ma’lum: u razvedka va kuzatuv işlarini olib boriş, şuningdek, öq-dorilardan foydalanişga qodir.
Fransuzlarning Aarok droni
2023 yilgi Parij havo körgazmasining yulduzlaridan biri Fransiyaning ilgari maşhur bölmagan Turgis & Gaillard kompaniyasiga tegişli katta Aarok droni böldi.
Bu qanotlari kengligi 20 metrdan oşiq, 2,7 tonna foydali yukni kötara oladigan ança katta qurilma. Bu juda katta körsatkiç bölib, masalan, asosiy modifikatsiyadagi MiG-29 qiruvçi samolyoti kötaruvçi yuk hajmiga mos keladi.
Aarok oldida qöllanadigan qurollar töplami aks etgan, ammo u bu raketalarning barçasini bir vaqtning özida olib yura olmaydi - bu şunçaki unda qöllanadigan jangovar yuklarga namuna.
Biroq, bu dronning xususiyatlari hozirça faqatgina nazariy jihatdan e’lon qilingan. Turgis & Gaillard kompaniyasi vakillari BBC naşriga aytişiça, uşbu dronning birinçi parvozi 2023 yil oxirigaça amalga oşirilişi kerak.
Şuning uçun, uning köpgina xususiyatlari hali ommaga e’lon qilinmagan, masalan, uçiş balandligi. Boşqa jihatlar, xususan, kunlik parvoz davomiyligi esa e’lon qilingan — taxminan 24 soatdan 30 soatgaça.
Kompaniya Aarok droni MALE sinfidagi birinçi Yevropa droni bölişini e’lon qildi, biroq aslida Yevropada işlab çiqişning oxirgi bosqiçlarida bölgan boşqa loyihalar ham mavjud. Şunga qaramay, agar Aarok e’lon qilingan xususiyatlarga ega holda ommaviy ravişda işlab çiqarilsa, u bozorda katta talabga ega bölişi mumkin.
Qandaydir jangovar xususiyatlar haqida gapirişga hali erta, çunki kompaniya hozirda nafaqat uskunalar va qurollarni sinab körmoqda, balki dronning özi borasida ham sinovlar ötkazmoqda.
Ammo Le Burjedagi ekspozitsiyada, dron oldidagi alohida stendda, yuqori balandlikda razvedka va kuzatuv işlarini olib boriş hamda lazer yordamida nişonlarini belgilaş imkonini beruvçi turli datçiklar bilan jihozlangan Safran elektro-optik tizimi namuna sifatida taqdim etilgan. Uşbu datçiklar dronning pastki qismiga örnatiladigan bitta blokka birlaştirilgan.
Turgis & Gaillard — bu bozordagi samolyot işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar va hatto konsorsiumlarga qarşi turadigan xususiy kompaniya. Biroq, bunday korxonalar salohiyatini past baholamaslik kerak, buning uçun Turkiyaning Baykar kompaniyasi va uning muvaffaqiyatli Bayraktar loyihasini eslaş kifoya.
Butun dunyo böylab
Le Burjyedagi yana bir Yevropa dron loyihasi Airbus, Dassault Aviation va Leonardo kabi gigantlar tarkibiga kirgan Germaniya-Fransiya-Italiya-Ispaniya konsorsiumi tomonidan taqdim etildi. Ularning uçuvçisiz samolyoti Eurodrone deb atalgan va ular aviasalonga dronning prototipini olib kelgan.
Bu qanotlari kengligi 30 metr, foydali yuk kötariş hajmi 2,3 tonna bölgan yanada kattaroq apparat.
Bu ikki dvigatelli dron, işlab çiqaruvçining veb-saytidagi ma’lumotlarga köra, maksimal 13 kilometr balandlikka kötariladi va havoda 40 soatgaça tura oladi.
Eurodrone dronini boşqa aviasalonlarda ham namoyiş etişgandi, ammo u hali parvozga çiqmagan
Foto: AFP
Eurodrone birinçi parvozini Aarok’dan keyinroq, 2027 yilda amalga oşiradi va uni keng kölamda işlab çiqariş ikki yil ötib boşlanişi rejalaştirilgan. Biroq, aviatsiya dasturlarida bölgani kabi, bu muddat «öngga» siljişi va amalda sinov va işlab çiqariş yanada keyinroq boşlanişi mumkin.
Işlab çiqaruvçilar ta’kidlaşiça, ular tezligi böyiça raqobatçilaridan ortda qolmaydigan, juda tinç uçuvçi qurilmani işlab çiqişi kerak.
Bu ikki dron 1,7 tonna foydali yukni 15 kilometr balandlikkaça kötara oladigan va havoda 27 soatgaça qoladigan MQ-9 Reaper droni bilan bemalol raqobatlaşa oladi.
Ammo bulardan taşqari, Yevropada MALE sinfidagi boşqa kiçikroq uçuvçisiz qurilmalarni işlab çiqiş ham davom etmoqda. Ular ham Le Burjyedagi körgazmada namoyiş etildi.
Falco Xplorer — qurollangan va xavfli
Italiya 2010-yillar boşidan beri örta balandlikda uçuvçi dronlar bozorida öz örniga ega bölişga harakat qilmoqda. Piaggio kompaniyasi şunçaki, biznes-samolyotni harbiy dronga aylantiriş orqali ança noodatiy bölgan P.1HH HammerHead dronini işlab çiqardi. Ammo bu qurilma katta hajmdagi işlab çiqarişgaça yetib bormadi.
Endi allaqaçon boşqa italyan kompaniyasi Leonardo körgazmaga Falco Xplorer dronini olib kelgan.
HammerHead singari, bu dron ham dastlab tinç maqsadlar uçun möljallangan, ammo Piaggio samolyotidan farqli ölaroq, u heç qaçon yölovçi samolyoti bölmagan, boşidanoq dron sifatida qurilgan. Uşbu dronning vazifasini, ya’ni havodan kuzatiş işlarini olib borişni ikki tomonlama (ham harbiy, ham fuqarolik) deb hisoblaş mumkin.
Bunday drondan allaqaçon 60 dona işlab çiqarilgan, şuning uçun uni yangi qurilma deb ataş qiyin. Ammo Leonardo kompaniyasi Le Burjyedagi aviaşouga qurilmaning oddiy harbiy versiyasini emas, balki Britaniyaning Brimstone raketasi bilan qurollangan versiyasini olib keldi. Bu raketalar ularni Rossiya qöşinlariga qarşi işlatuvçi Ukraina armiyasida xizmat qiladi.
Defence News naşri havo körgazmasidan olingan reportajida ta’kidlaganidek, uşbu loyiha Italiyaning uçuvçisiz samolyotlardan sof razvedka vazifalarida foydalaniş, ularni qurollantirişdan voz keçiş haqidagi an’analariga zid.
Reportaj muallifining sözlariga köra, bozorga 2025 yilda çiqarilişi rejalaştirilgan uşbu qurilma birgina italiyaliklarni emas, balki boşqa mamlakatlar, birinçi navbatda, Brimstone raketalaridan foydalanadigan davlatlarni ham qiziqtiradi. Ular orasida Buyuk Britaniyadan taşqari Saudiya Arabistoni, Qatar, Germaniya va yaqin vaqtdan boşlab Ukraina ham bor.
Dronlar bozori
Dunyoda örta balandlikda, uzoq vaqt uçuvçi dronlar işlab çiqişning haqiqiy «portlaşi» kuzatilmoqda va Le Burjyeda uşbu loyihalarga qöşimça ravişda allaqaçon mavjud qurilmalar ham namoyiş etildi.
Masalan, yaqin kelajakda fransuz armiyasiga xizmatga kirişni boşlaydigan Safran Patroller droni. Bu nisbatan kiçik qurilma bölib, foydali yuk kötariş miqdori 10 kilogrammni taşkil etadi hamda maksimal tört kilometr balandlikda 15 soat parvoz qiladi.
Safran Patroller yaqin kelajakda fransuz armiyasida paydo böladi
Uning xususiyatlari Yevropada işlab çiqarilayotgan yirikroq dronlarnikidan farq qiladi, lekin u ham MALE sinfiga kiradi va nafaqat razvedka uskunalarini, balki qurollarni ham olib yurişga qodir.
Turkiyaning TUSAŞ davlat kompaniyasi (Turk aviatsiya va koinot sanoati – TAI) Le Burjye körgazmasida birdaniga ikkita dronni namoyiş etdi, kompaniya vakilining ta’kidlaşiça, bu dronlar maşhur Bayraktar’dan katta ölçamlari va vazifalari bilan farq qiladi.
Ulardan biri — Anka 1 droni birinçi parvozini 2010 yilda amalga oşirgan va bir qança mamlakatlarga, jumladan Qozoğiston, Jazoir, Malayziyaga eksport qilingan. Uşbu qurilma Bayraktar’dan kattaroq bölsa-da, uning xususiyatlarini örtaça deb hisoblaş mumkin — maksimal parvoz balandligi töqqiz kilometr, foydali yuk massasi esa atigi 200 kilogramm.
Anka 1 2010 yildayoq işlab çiqilgandi
Körgazmaga qöyilgan ikkinçi turk droni — Aksungur ança kattaroq bölib, maksimal parvoz balandligi 12 kilometrni, parvoz davomiyligi 12 soatni, foydali yuk hajmi esa 250 kilogrammni taşkil etadi.
Aksungur - turklarning armiyalarga yetkazib berilişi endigina boşlangan yangi droni
TAI havo körgazmasida özining uçinçi, yanada kattaroq dronini ham namoyiş etdi, ammo faqat hajmli model (ya’ni model haqiqiy qurilmaning hajmini aks ettiradi, masalan model 1:43 bölsa, bu haqiqiy qurilma modeldan 43 baravar katta degani) körinişida. Biroq, kompaniya vakillarining sözlariga köra, dron özining birinçi parvozini juda yaqin vaqt içida amalga oşiradi. Uning sxemasiga köra, dron radar signallarida körinişni kamaytiradigan texnologiyalardan foydalangan holda işlab çiqiladi.
Baykar xususiy kompaniyasi singari yirik davlat korporatsiyasi TAI ham MALE sinfidagi dronlarni yaratişga katta sarmoya kirityapti. Turkiya AQŞ va Isroil kabi boşqa davlatlar bilan bir qatorda bunday dronlarni işlab çiqariş böyiça jahon yetakçilaridan biri bölib qolmoqda.
Biroq, Le Burjyedagi eksponatlarga qaraganda, uzoq yillik aviasanoat an’analariga ega bölgan Yevropa mamlakatlari tezda oldinga ildamlab, bu sohada ortda qolişni kamaytirişi mumkin.