1912 yil aprel oyida Buyuk Britaniyadan Nyu-Yorkka ilk safarini amalga oşirayotgan afsonaviy «Titanik» kemasi Atlantika okeanida çökib ketgan. To 1985 yilgaça «Titanik» kemasi aynan qayerga çökkani noma’lum edi.

Kema qoldiqlari qanday topiladi va kim egalik qiladi?

«Titanik» suv ostiga çökib ketgan yagona kema emas. YuNeSKO ma’lumotlariga köra, dunyo böylab kamida ming yilliklardan beri suv ostiga çökkan 3 mln kema qoldiqlari bor. Hisob-kitoblarga köra, okean ostida 60 mlrd dollar atrofidagi qimmatbaho buyumlar yotibdi.

Agar tadqiqotçi suvostidan kema qoldiğini topib oladigan bölsa, birinçi navbatda mahalliy hokimiyatga murojaat qilişi va keyingi tadqiqotlarni ruxsatnoma bilan davom ettirişi lozim böladi. Sababi özboşimçalik sabab tarixiy yodgorlikka zarar yetişi, uning arxeologik qiymati yöqolişi mumkin.

Lekin hali-hanuz insonlar kema qoldiği topgan odamniki deb qaraş, uning içidagi narsalarga bemalol tega oliş mumkin degan fikrlar mavjud. Bu esa suvostidagi yodgorliklarni xavf ostiga qöyadi.

«Titanik» qanday topilgan?

1985 yilda Robert Ballard va Jan Lui Mişel boşçiligidagi Amerika ekspeditsiyasi «Titanik» kemasi qoldiqlarini Nyufaundlend oroli sohilidan (Kanadaning şarqiy qismidagi provinsiya. Atlantika okeani sohilida) 563 kilometr uzoqlikda topişadi.

Kema çökkani haqidagi xabar kötarib olgan bola. 1912 yil. London

Tadqiqotçilar kemaning orqa va old qismlari ikkiga bölingan holda joylaşganini aniqlaşadi. Kema qoldiqlari topilganidan 12 yil ötib, Jyeyms Kemeronning «Titanik» filmi işlanadi.

Kema qoldiği joylaşgan hudud xalqaro suvlar deb toifalanadi va, xalqaro qonunlarga köra, bu turdagi topilmalarga biror davlat aynan ega çiqa olmaydi.