Ukraina qarşi hujumi qanday ketyapti? Harbiy ekspertlar javob beradi
|00:38 / 04.07.202322 61011 min
Vagnerçilar isyoni frontdagi vaziyatga qanday ta’sir körsatadi?
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida PreWojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Pre
Ukraina qarşi hujumi qariyb bir oydan buyon davom etmoqda. Şu bilan birga, NYT ma’lumotlariga köra, Vaşingtondagilar göyoki janglarning dastlabki natijalaridan «sergak tortişgan» va ukrain harbiylari «grafikdan ortda qolayotgani»ni qayd etişmoqda. «Meduza» harbiy ekspertlar bilan qarşi hujumning ilk natijalari, uning istiqbollari va Yevgeniy Prigojin isyoni janglarga qanday ta’sir körsatişi mumkinligi haqida gaplaşdi.
— Ukraina qurolli kuçlarining past sur’atlardagi yurişini qanday izohlaş mumkin?
Uilyam Kortni, RAND Corporation’ning yetakçi eksperti, AQŞning Qozoğiston va Gurjistondagi sobiq elçisi: harbiy qarama-qarşilik natijalarini alohida uçastkalardagi vaziyatga qarab tusmol qiliş qiyin. Körinişidan, Ukraina eng yaxşi tuzilmalarining faqat bir qismidan foydalangan holda razvedka hujumlari ötkazmoqda. Maqsad — rossiyaliklarning pozitsiyalari nisbatan qaysi nuqtalarda zaifroq ekanini tekşiriş va mudofaa liniyalari qanday mustahkamlangani borasida ma’lumot yiğiş.
Asosiy zirhli tank brigadalari hali harbiy harakatlarda iştirok etayotgani yöq. Ukrainlar ham, ruslar ham [rossiyaliklarning] mudofaa liniyalari yaxşi mustahkamlangan deb hisoblaydi. Masala şundaki, Ukraina qurolli kuçlari bu liniyalarni yorib ötiş yölini topa oladimi?
[Menimça], Ukrainaning asosiy maqsadi — Qrimga quruqlik yölagini uzib qöyiş. Buning uçun Donbass va Qrim örtasidagi butun hududni egallaş şart emas. Buning uçun zaif joyni topiş kifoya. Buning uçun Ukrainada yaxşi imkoniyatlar mavjud.
Yuriy Fedorov, harbiy şarhlovçi: Hozir frontda sezilarli ilgarilaş bormi degan savol körinayotganidek oddiy savol emas. «Sezilarli ilgarilaş» deganda nimani nazarda tutiş mumkin? Buni biz bilmaymiz. Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumi, ruslar sönggi oylar davomida barpo etgan mudofaa istehkomlarining öziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, Rossiya qöşinlari bilan juda murakkab qarama-qarşilikda davom etmoqda.
Ammo muayyan yönalişlarda — masalan, Zaporijjya oblastida — ilgarilaş keng kölamli bölmasa ham, bir munça sezilarli darajada. Qolaversa, bu hali yurişning asosiy bosqiçi emas. Uruş ilmiga köra, yuriş asosiy kuçlarni bir yönalişga — «asosiy zarba yönalişi»ga jamlaşni talab etadi.
Mavzuga oid
Hozirça, mavjud ma’lumotlarga köra, Ukraina qurolli kuçlari asosiy zaxiralari va resurslarini harakatga keltirmadi. Bölayotgan hodisalar — köproq razvedka janglari ekanini istisno qilmayman. Ammo boşqa variant bölişi ham mumkin.
— Hozirgi qarşi hujum Xarkiv va Xerson oblastlarida bölganidan nimasi bilan farq qiladi?
Uilyam Kortni: Bu yuriş amaliyotlari vaqtida ukrainlar bu qadar tayyorlangan mudofaa istehkomlariga duç kelmagandi. Xarkiv oblastidagi qarşi hujum ötgan yil sentabr oyida ötkazilgandi. Ötgan vaqt içida ruslarda mudofaaga tayyorlaniş uçun yarim yildan ortiq muddat böldi. Xerson oblastida Dniproning öng sohilida ötkazilgan amaliyot haqida ham şu gaplarni aytiş mumkin: u yerda ham Rossiya qöşinlari hozirda çap sohilda barpo etgani kabi istehkomlar yöq edi.
Yuriy Fedorov:Xerson oblastida Dniproning öng sohilidagi qarşi hujum ötgan yilning yozida boşlangan va u yerda kuçli istehkomlar bölmaganiga qaramay, [RF armiyasi Xersondan çekinişiga qadar] hozirgidek sur’at va kuçlar bilan olib borilgandi.
Xarkiv oblasti haqida gap ketadigan bölsa, Rossiya qömondonligi öşanda Ukraina qurolli kuçlarining harakatlariga mutlaqo tayyor bölmagani ayol bölgandi. Bu yönalişda mudofaa eng zaif nuqtalardan birida, Balakliya hududida yorib ötildi, şundan keyin manyovr qiluvçi guruhlar tezlik bilan operativ kenglikka çiqişdi va Rossiya garnizonlarini qurşov içida qoldira boşladi, natijada rossiyaliklar çekinişga majbur böldi. Zaporijjya oblastida hozirça bunga öxşaş voqealar röy bermayapti, çunki Rossiya qöşinlari ukrainlarning qarşi hujumiga uzoq muddat davomida tayyorgarlik körişdi — bu yerga kuçlarni jamlab, eşelonlangan mudofaa qurişdi. Hozirça Ukraina qurolli kuçlari bu mudofaani yorib ötib, operativ kenglikka çiqa olmadi, ammo aytiş kerakki, ular bunga jiddiy harakat ham qilmayapti.
— Rossiya tomonidan qurilgan mudofaa tizimi qançalik samarali körinadi?
Uilyam Kortni: Ular [RF QK] çindan ham yaxşi tayyorlangan. Ularda bu uruş davrida mudofaani tayyorlaş uçun yetarliça köp vaqt böldi. Bungaça Rossiya bir neça yönalişlarda yuriş amaliyotlari ötkazgandi — xususan, Kiyev, Xarkiv va Odessani egallaş böyiça. Barça uç amaliyot muvaffaqiyatsizlikka uçradi.
Mudofaa amaliyotlari esa yuriş amaliyotlaridan köra osonroq. Samarali hujum qiliş — bu keng kölamli qöşma amaliyot bölib, armiyaning turli böğinlari, jumladan, piyodalar, zirhli texnikalar va artilleriyaning muvofiqlaştirilgan harakatlarini talab etadi. Mudofaa amaliyotlari esa bunday darajadagi muvofiqlaştiriş va manyovrlarni talab etmaydi. Şuning uçun, ruslar Ukraina qurolli kuçlarining razvedka hujumlarini muvaffaqiyatli qaytarayotgani ajablanarli emas. Rossiya mudofaasi uçun haqiqiy sinov Ukraina armiyasi keng kölamli hujumga ötganida böladi — barça qöşinlar bir muştga aylanib zarba berganida.
Yuriy Fedorov: Umuman olganda, ha, tayyorlanişgan, mustahkam qal’alar tizimini qurişgan. Asosiy jihat [RF qurolli kuçlari tomonidan qurilgan mudofaa çiziğida] — bular minalangan dalalardir. Bu yengib ötiş juda qiyin bölgan tösiq bölib, oğir yöqotişlar muqarrar. Minalangan maydonlardan ötiş joylarini tozalaş mumkin, ammo buni raqibning töxtovsiz öt yoğdirişi ostida amalga oşiriş talab etiladi.
— Volodimir Zelenskiyning may oyida Italiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyaga may oyida amalga oşirgan safarlari çoğida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qilindi. Ular, xususan, tanklar, piyodalarning jangovar maşinalari va raketalarni öz içiga oladi. Yevropa yetakçilari ğarb qiruvçi samolyotlari yetkazib beriş va ukrain uçuvçilarini tayyorlaş böyiça koalitsiya tuzişgan. Sönggi yetkazib berilgan texnikalar Ukraina qöşinlariga qançalik samarali yordam beradi?
Uilyam Kortni:Ukraina zirhli tanklar bilan yoppasiga zarba bermaguniça, biz bu savolga javobni bila olmaymiz. Hozirça buni muhokama qilişga erta. Albatta, ruslar bir qança «Leopard» tanklari va ğarbning boşqa texnikalarini yöq qilişganini aytişmoqda, ammo bular razvedka hujumlarida qöllangan texnikalardir. Bu asosiy zarba emasdi, uni hali kutiş kerak.
Yuriy Fedorov: Men bu savolga töliq javob bera olmayman, çunki bu yangi qurollar yuriş davomida qay darajada qöllanganini bilmayman. Ukraina qurolli kuçlari Storm Shadow raketalaridan foydalangani töğrisida ozmi-köpmi ma’lumot bor. Xususan, Çongardagi köprikka zarba beriş uçun.
Putin va uning qöli ostidagilarning Ukrainaga yetkazib berilgan «Leopard» tanklarining deyarli barçasi yöq qilingani haqidagi bayonotlari — safsata. Bir neça tanklar yöq qilingan bölişi mumkin, ammo bu tabiiy holat, çunki hujum qilayotgan tomon har doim ham texnikalarda, ham jonli kuçlarda köproq yöqotişlarga duçor böladi.
— Ikki tomonning hozirgi qurollaniş darajasida qarşi hujumning keyingi istiqbollari qanday böladi?
Uilyam Kortni: F-16 qiruvçilari, yozgi janglar oxirigaça yetib kelmasligi deyarli aniq. Şunday ekan ularning yetkazib berilişining samarasini bu qarşi hujum davomida kutiş örinsiz.
Hozirda e’tibor qaratilayotgan xususiyatlardan biri şundaki, ruslar «Stinger» radiusidan taşqarida turgan holda (havodagi nişonlarga qarşi raketalar yetib bora olmaydigan masofada) ukrainlarning zirhli texnikalariga uzoq masofadan raketa zarbalari yoğdiriş uçun jangovar vertolyotlardan foydalana boşladi. Şuning uçun, Ukraina bu jangovar vertolyotlarga qarşi tura oladigan qandaydir vositani topişi kerak.
Ukraina qarşi hujum rejalaştirilgan hududlarda havodagi ustunlikka ega emas. Şuning uçun, Ukraina qurolli kuçlari zirhli texnikalari yoppasiga öqqa tutilayotgan mahalda havodan qöllab-quvvatlaşda muammolar yuzaga kelişi mumkin. Bu Ukraina qömondonligi hozirda razvedka hujumlari natijalarini tahlil qilib, hal qiliş ustida boş qotirayotgan masalalardan biridir.
— Ukrainlar qarşi hujumni yakunlaşi zarur bölgan muddat mavjudmi?
Uilyam Kortni: Kuzgi loygarçiliklar boşlanmagunça. Ungaça quruq yerda manyovrlar ötkaziş osonroq böladi. Lekin kuzda yer yumşay boşlagaç, manyovrlar uçun imkoniyatlar keskin pasayadi. Öylaymanki, Ukraina şu vaqtgaça imkon qadar köproq hududlarini ozod etişga urinadi.
Yuriy Fedorov: Bu savolga javob beriş uçun, Ukrainaning qarşi hujumning bu bosqiçidagi maqsadlaridan xabardor böliş kerak, ammo ularni faqat Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabidagilar biladi. Tabiiy faktor bor — kuzgi loygarçilik, bu vaqtda daşt yopişqoq loydan iborat böladi. Bu oktyabr oyining ikkinçi yarmi — noyabr oyi boşi. Bungaça hali vaqt köp.
— Prigojinning isyoni isyon kunidagi qarşi hujum harakatlariga töğridan töğri ta’sir körsatdimi?
Uilyam Kortni: Katta ehtimol bilan, yöq, çunki [Prigojin] isyonining aktiv fazasi juda qisqa böldi.
Yuriy Fedorov: Yöq, bunday bölmadi. Har holda bunga dalillar yöq.
— Prigojinning isyoni va uning natijalari qarşi hujum istiqbollariga qanday ta’sir körsatadi?
Uilyam Kortni: Ukraina qarşi hujumi istiqbollari, katta ehtimol bilan, yaxşilangan. Prigojin uruşning [Kreml tomonidan aytilgan] rasmiy sababini «yolğon» deb atadi. U tomonidan yangragan bunday haqqoniylik töp yemiga aylanişdan çöçigan rossiyalik askarlarning ruhini tuşirişi mumkin. Ukraina qurolli kuçlari Rossiya qöşinlarini ötgan yil sentabrida Xarkiv oblastini tozalaş vaqtidagi kabi mağlubiyatga uçratişi tez-tez röy berib turişi mumkin.
Birinçi jahon uruşi vaqtida, imperator Nikolay II front bilan faol aloqani yöqotganida, rus armiyasining katta qismi şunçaki tarqalib ketgandi. Bu takrorlanişi mumkin. Rossiya mudofaasida yangi zaif nuqtalar aniqlanişi ehtimolini hisobga olib, Ukraina qurolli kuçlari razvedka hujumlari sonini köpaytirişi mumkin.
Yuriy Fedorov: Agar yaqin istiqbollar haqida gap ketsa — frontda nimadir özgarişi dargumon. Nisbatan uzoq istiqbolda, ta’bir joiz bölsa, zaiflik körsati, «oçkolar böyiça» Prigojinga yutqazgan Putinning pozitsiyasi kuçsizlanişi muhim omil böladi. Şu munosabat bilan Rossiya oliy rahbariyatida keskinlik kuçayişi Ukraina qurolli kuçlari uçun qulay vaziyat yaratadi.