Tadbir davomida assotsiatsiya ta’sis etilganidan buyon unga raislik qilib kelayotgan Şima Nobuxiko salomatligi va yoşi keksayişi munosabati bilan uşbu lavozimni tark etayotgani, uyuşmaning yangi rahbari etib rais örinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan, Yaponiyaning Özbekistondagi sobiq elçisi Kato Fumixiko saylangani ma’lum qilindi.
Kato Fumixiko Özbekiston uning uçun qadrli mamlakat ekanini hamda respublika bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirişni uyuşmaning yangi raisi sifatida öz oldiga maqsad qilib qöyganini aytdi. Keyingi yillarda madaniy-humanitar, ta’lim va turizm bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy yönalişiga ham katta e’tibor qaratilişini bildirdi.
U Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi sifatida orttirgan uç yillik tajribasidan assotsiatsiyani boşqariş faoliyatida unumli foydalanişini, kunçiqar mamlakatda “Özbekiston döstlari”ni köpaytirişga safarbar qilişini bildirdi.
















