Klub rasmiy sayti xabariga köra, «MYu» angliyalik 24 yoşli xavbek bilan 5 yillik – 2028 yilgaça şartnoma imzolagan. 

«Futbolçi sifatida ulğaygan jamoangni tark etiş oson emas, ammo «Mançester Yunayted» kareramning yangi bosqiçida men uçun yangi çaqiruvga aylanadi. «Yunayted»ga qarşi öynaganman va bu jamoa qançalik kuçli ekanini bilaman. Bu klubning bir qismiga aylanişni sabrsizlik bilan kutyapman va işonamanki, biz sovrinlarni yutiş uçun kuraşamiz», - deydi Maunt.

Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romanoning yozişiça, mançesterliklar Maunt transferi uçun 55 million funt tölaydi. Bonuslar bilan transfer qiymati 60 mln funtga yetişi mumkin. Meysonning yangi klubidagi haftalik maoşi 250 ming funtni taşkil etişi xabar qilingandi.

Ma’lumot uçun, Maunt «Çelsi» tarbiyalanuvçisi sanaladi. U ötgan mavsum APLda 24 öyinda 3ta gol va 2ta assist, YeÇLda esa 9 öyinda maydonga tuşgan.