Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Madaniyat, san’at, muzey va kutubxona sohalarida maoshlar kelgusi 7 yilda 3 karra oshiriladi
Maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish uchun ijodiy buyurtma berilib, mualliflarga 100 million so‘mdan qalam haqi to‘lanadi.
Bu kitoblar 20 ming nusxadan nashr qilinib, maktablar va kutubxonalarga bepul beriladi. Bunga har yili 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi.
“Umuman, 2030 yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq ta’mirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, dedi nomzod.
Maktab kutubxonachilarining ish haqi ham pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.
“Biz madaniyat va san’at sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi yetti yilda 3 karra oshiramiz. Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.
2030 yilga qadar madaniyat va san’at sohalari vakillari hamda adiblar uchun yangi qurilayotgan uy-joy massivlaridan 10 mingta xonadon imtiyozli shartlarda beriladi.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026