Shavkat Mirziyoyev: poytaxt tumanlaridagi oqova suvlar bilan bog‘liq ekologik holat yaxshilanadi
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda poytaxtni “yashillashtirishga” oid kelgusi yetti yillik rejalari bilan bo‘lishdi.

Foto: O‘zLiDeP
Keltirilishicha, bugungi kunda poytaxtdagi yashil maydonlar 900 gektarni tashkil qiladi. Kelgusi yetti yilda esa bu hududni 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan.
Buning uchun:
- shahar bo‘ylab har yili kamida 1 million dona manzarali, mevali ko‘chatlar va qalamchalar ekiladi;
- har bir mahallada 1 mingtadan daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom ettiriladi;
- Yashnobod, Yangihayot, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 4 ming gektar maydonda yashil va “tematik” bog‘lar barpo qilinadi;
- shahar bo‘ylab 100 kilometr velosiped yo‘laklari, 32 ta sayilgoh, 30 ta yashil hudud va xiyobonlar barpo qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi oqova suvlar bilan bog‘liq ekologik holatni yaxshilashga oid rejalarini ham ma’lum qildi.
“Xabarim bor, so‘nggi yillarda Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi oqova suvlar bilan bog‘liq ekologik holat aholining ko‘plab haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shuni hisobga olib, kuniga 1,5 million kub metr oqova suv tozalash quvvatiga ega yangi zamonaviy inshoot barpo qilinadi.
Bunga Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi 240 million dollar investitsiya kiritishga tayyor”, dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

19:04
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09 / 08.04.2025