«Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin hozirda Belarus hududida emas. Bu haqda Aleksandr Lukaşenko xorijiy jurnalistlar bilan ötkazilgan matbuot anjumanida aytdi.
«Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin 23 iyun kuni amalga oşirilgan harbiy isyondan keyin aynan Lukaşenko bilan muzokara ötkazgan va qöşinlarini ortga qaytargandi. Öşa muzokaralardan keyin Rossiya hukumati Prigojin ustidan oçilgan jinoiy işni bekor qilgan va unga öz armiyasi bilan birga Belarusga ketişga imkon berilgandi.
Jurnalistlar Lukaşenkodan «Vagner» jangçilari hozir qayerda joylaşgani haqida söraşdi. Ammo Lukaşenko vagnerçilar mamlakat hududida bor yoki yöqligiga oydinlik kiritmadi.
«Men juda jiddiy jangçilar deb hisoblaydigan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari hozir öz lagerlarida. Ya’ni, frontdan çiqarilganidan keyin yuborilgan doimiy lagerlarida. Ular davolaniş, tiklaniş va rotatsiya kabi bunday uruşlar uçun tabiiy jarayonlarni amalga oşirişmoqda.
Baxmut [uçun janglar]dan keyin ular öşa lagerga yuborilgan va hozir ham öşa yerda. Prigojin esa Peterburgda. Balki bugun tongda u Moskvaga borgandir, balki yana boşqa joyga. Ammo u hozirda Belarus hududida emas», degan Lukaşenko Prigojin haqida.
OAVdagi xabarlarga köra, «Vagner» bölinmalari olib ketilgan lager Mogilev oblasti hududida joylaşgan.












