«Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 2 yil muddatga yillik 5 foiz stavkada 150 milliard so‘m budjet ssudasi ajratiladi.