Uchrashuvda kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar loyihalari doirasida almashinuv notasi hamda loyihani bajarish bo‘yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan grant bitimi imzolandi. Loyiha qiymati 2,2 mln dollarni tashkil etib, uning doirasida 2024 yili vazirlik va idoralar vakillariga magistratura (18 ta) va doktoranturada (1 ta) o‘qish imkoni yaratiladi.

Loyiha doirasida iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, qurilish, tibbiyot va hamshiralik, mehmonxona menejmenti, avtomobilsozlik hamda yapon tilini o‘rgatish kabi yo‘nalishlarda ta’lim berish rejalashtirilgan.