Yozgi ta’tillar mavsumi eng qizg‘in pallada, demak, jomadonni uzoq safarga tayyorlash vaqti yetdi. Noutbuk har qanday geymerning yaqin yo‘ldoshiga aylanishga ulgurgan: ixcham o‘lchamlari va kichik vazni uni ixcham ryukzakka joylash, zamonaviy grafika quvvati esa - maksimal sozlamalarda sevimli o‘yinlardan zavq olish imkonini beradi. Bunda, siz mehmonxonada issiq quyoshdan yoki yomg‘irdan panaga yashirinyapsizmi yoki samolyot, poyezdda vaqt o‘tkazyapsizmi, muhim emas. Uzoq yo‘lga mos bo‘lgan, bir nechta zamonaviy o‘yin noutbuklarini ko‘rib chiqamiz.

ROG Flow Z13 (2023)

Noyob o‘yin plansheti/noutbuki ROG Flow Z13 - bu qalinligi 12 mm va vazni 1.1 kg bo‘lgan 13-dyuymli qurilma. U nimasi bilan qiziq? Bir vaqtning o‘zida ham planshet, ham noutbuk hisoblanib, ROG Flow Z13 ikkala turdagi qurilmalarning eng yaxshi tomonlarini o‘zida jamlaydi: foydalanishda o‘ta qulaylik va eng og‘ir o‘yinlar uchun kuchli texnologik asos.

Maksimal versiyasida noutbuk 65 Vatt gacha termopaket hamda Intel Core i9 13900H protsessoriga ega GeForce RTX 4060 videokartasi bilan jihozlangan. Tezkor xotira sig‘imi 16 Gb ni tashkil etadi, ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy sig‘imi esa - 1 TB SSD. Kuchli qismlarining sifatli sovutilishini suyuq metall termointerfeysi hamda ichki o‘rnatilgan bug‘lantirish kamerasi ta’minlaydi, tizim ishini optimallashtirish uchun esa NVIDIA Advanced Optimus texnologiyasi javob beradi. Natijada qurilma hatta yuqori yuklanishlarda o‘ta sokin ishlaydigan mahsuldor o‘yin platformasini o‘zida namoyon etadi.

Yoritiladigan to‘liq o‘lchamli yechma klaviatura qo‘shimcha portativlik taqdim etadi. Uni bir oddiy harakat bilan ajratib olish mumkin va noutbuk sensor ekranli va ichki o‘rnatilgan ajralma qo‘ygichli planshetga aylanadi. Qurilma qo‘ygich ROG Flow Z13 ni ko‘zlar uchun qulay holatda joylashtirish imkonini beradi. O‘z navbatida, tomonlar nisbati 16:10 va sohalar qamrovi 100% bo‘lgan 165 Gs DCI P3 displey o‘yinlarda birorta detal e’tiboringizdan chetda qolmasligini kafolatlaydi.

MSI Stealth 14 Studio A13V

14" diagonalga ega o‘yin noutbuklari ichida eng yaxshilaridan biri, uni o‘yinlar va ijod uchun haqiqatdan universal yechim deb atash mumkin. Ixcham 315x246x19 mm o‘lchami va 1.7 kg vazni qurilmani istalgan uzoq sayohatga olish imkonini beradi. Noutbukning to‘plami yaxshi taassurot uyg‘otadi: maksimal to‘plamda o‘yinlarda mahsuldorlik uchun GeForce RTX 4070, 14 yadro, 5.0 GGs chastotali 20 ta oqimga ega Intel Core i7-13700H protsessori, 64 GB DDR5-5200 tezkor xotira va 1 TB ga NVMe SSD PCIe Gen4 qattiq jismli xotira javob beradi. Qurilma ishini muvofiqlashtirishga Max-Q texnologiyalari yordam beradi, ular kerakli vatqda turli komponentlar o‘rtasida energiya iste’molini qayta taqsimlaydi, shovqinni kamaytiradi va batareya zaryadini tejaydi.