“Özgidromet” ma’lumotiga köra, 3-4 iyul kunlari Qozoğiston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelişi hisobiga issiq pasaya boşladi va haftaning katta qismida havo harorati +31...+36 daraja bölgan qulay qiymatlarda saqlandi. Eng çekka janubiy hududlarda ham kunduzgi harorat +39 darajadan yuqori bölmadi.

6-7 iyul kunlari respublikaning bir qator tumanlarida qisqa muddatli yomğir yoğdi va momaqaldiroq kuzatildi.

9-10 iyul kunlari Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat kötarila boşlaydi.

Issiq ob-havoning çöqqisi 11-13 iyul kunlariga töğri keladi. Kunduzi havo harorati +39...+42 darajagaça, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +43...+45 darajagaça kötariladi.

Biroq bu issiq davr uzoq bölmaydi. 13 iyuldan respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga, 14 iyuldan barça hududlarga, bu safar Kavkazdan salqinroq havo kirib kelişi kutilmoqda. Harorat foni +3...+5 darajaga pasayadi. Haroratning eng sezilarli pasayişi Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi, bu yerda havo harorati +5...+7 darajaga pasayadi.

Söng iyul oyining oxirigaça haroratni qisqa muddatga kötarilişi kuzatiladi, lekin sinoptiklar uşbu iyul oyida anomal issiq kutmayapti.

Toşkentda 1997 yil 18 iyul kuni havo haroratining mutlaq maksimumi kuzatilgan, bunda harorat +44,6 darajani taşkil etgan. Bu qiymatga yaqin harorat 1881 yil 6 iyulda (+44,1 daraja) va 1983 yil 30 iyulda (+44,5 daraja) qayd etilgan.