Özbekistonda bölib ötayotgan navbatdan taşqari prezident saylovini kuzatiş uçun turli mamlakatlardan xalqaro kuzatuvçilar iştirok etmoqda. Ular safida taniqli siyosatçilar ham bor.

Jumladan, “Yevropa Gruziyasi” partiyasi asosiy boşqaruv organi rahbari, YeXHT Parlament Assambleyasi sobiq prezidenti Georg Tsereteli Toşkent şahridagi saylov uçastkalarini borib körgan.

Georg Tsereteli kunning birinçi yarmida Yakkasaroy, Mirobod va Yunusobod tumanlaridagi 6 ta saylov uçastkasida bölgan hamda u yerdagi saylov jarayonlarini kuzatgan. Şuningdek, u saylovga kelgan fuqarolar bilan suhbatlaşgan.

Ma’lumot uçun, Georg Tsereteli Gruziya Parlamenti deputati, Parlament raisi örinbosari, Gruziya boş vaziri örinbosari, YeXHT Parlament Assambleyasi prezidenti lavozimlarida işlagan. Hozirda Gruziya Strategik tadqiqotlar markazi Siyosiy kengaşi raisi sifatida faoliyat olib boradi.