11–12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti arafasida Shimoliy Atlantika alyansi rahbariyati Litva poytaxtini «blokka a’zo mamlakatlarning eng ilg‘or qurollari bilan himoyalangan haqiqiy qal’aga aylantirish» to‘g‘risida qayg‘urmoqda», deb yozadi Reuters agentligi 8 iyul kungi materialida.
Misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralari qo‘llanishi sammit Litvaning Belarus bilan chegarasidan juda yaqin masofada — 30 kilometrdan ortiqroq — o‘tkazilayotgani tufaylidir. Rossiyaning o‘ziga ham u qadar uzoq emas — Kaliningrad oblasti uchrashuv joyidan taxminan 150 kilometr masofada. Tadbirda esa NATO a’zolarining AQSh prezidenti Jo Bayden boshchiligidagi asosiy yetakchilari ishtirok etadi.
Mahalliy kuchlarga qo‘shimcha ravishda alyansning o‘n olti davlati sammitni qo‘riqlash uchun mingga yaqin harbiy xizmatchilarini yuborgan. Shuningdek havo kengligi himoyasi uchun qo‘shimcha yordam ta’minlangan: Boltiq bo‘yi mamlakatlari havo hujumidan mudofaa tizimlarining o‘zi Rossiya tomonidan ehtimoliy hujumga qarshi turish uchun yetarli emas deb topilgan.
«Sammitga Bayden va yana 40 mamlakat yetakchisi kelayotganida havo kengligimizni yetarlicha himoyalamaslik mas’uliyatsizlikdan ham og‘irroq narsa bo‘lardi», — deya izoh bergan Litva prezidenti Gitanas Nauseda.
Ittifoqchilar yordamiga zarurat tug‘ilganiga qaramay, mudofaa kompleksiga sarflanadigan YaIM ulushi bo‘yicha (taxminan 2 foiz) Litva NATOda yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Ammo Litva, shuningdek bo‘lgan Boltiq bo‘yining boshqa davlatlari Estoniya va Latviya (bu uch mamlakatning birgalikdagi aholisi olti million kishi atrofida) katta miqdordagi qo‘shinlar kontingenti, katta miqdordagi qiruvchi samolyotlar va sammit o‘tkaziladigan hudud osmoni himoyasini ta’minlash uchun ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlarini ushlab turishi qiyin, deya yozadi Reuters.
«Patriot»lar — Germaniyadan, «Tsezar»lar — Fransiyaniki
Agentlik NATOning aynan qaysi mamlakatlari sammit himoyasi uchun qanday texnikalar yetkazib berganiga aniqlik kiritdi:
- Germaniya Litvaga Amerikaning 12 ta Patriot rusumli zenit-raketa komplekslarini yuborgan — bu NATO mamlakatlari arsenalidagi asosiy quruqlikdagi havo hujumidan va raketaga qarshi mudofaa tizimi hisoblanadi.
- Ispaniya esa marosimni Norvegiya tomonidan ishlab chiqarilgan NASAMS rusumli qisqa va o‘rta masofali havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlagan.

















