9 iyun soat 8:00 dan 7-Samarqand saylov okrugi hududidagi 1112 ta saylov uçastkalarida ovoz beriş jarayonlari boşlandi.

Okrug böyiça saylovçilar umumiy soni 2 million 94 ming nafardan ortiqni taşkil etmoqda. Ular orasida 760 nafar yoşlar ilk bor saylovda qatnaşib, ovoz beriş imkoniyatidan foydalanadi. 92 mingga yaqin saylovçi esa muddatidan oldin ovoz bergan.

Payariq tumanidan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Mamadali Siddiqov ham saylovda iştirok etdi. Uruş qatnaşçisi birinçilardan bölib özi tanlagan nomzodga ovoz berar ekan, boşqalarni ham uşbu siyosiy jarayonda faol iştirok etişga çaqirdi.

7-Samarqand okrugi komissiyasimatbuot markazida komissiya raisi Xöjaqul Muhammadiyev iştirokida brifing ötkazildi. Dastlabki berilgan ma’lumotlarga köra, soat 11:00da saylovçilar umumiy sonining 34 foizi ovoz berişda iştirok etgan. Viloyatdagi 32 ta saylov uçastkasidagi ovoz beriş jarayonlari onlayn kuzatilmoqda.

Navbatdan taşqari prezident saylovini kuzatiş uçun mamlakatda bölib turgan 15dan ortiq xalqaro taşkilotlar, öttizdan ortiq xorijiy davlatlarning kuzatuvçilaridan 100 nafarga yaqini Samarqand viloyatidagi ovoz beriş jarayonlarini kuzatmoqda.

“Men bir muddat Janubiy Koreyaning Özbekistondagi elçisi bölib faoliyat körsatganman. Yana Özbekistonga kelib, öşa paytdagi xotiralarim qayta uyğondi. Öz kuzatişlarimdan kelib çiqib aytaman, Özbekiston bunday siyosiy jarayonlarga xorijlik kuzatuvçilarni taklif etiş böyiça yetakçi davlat hisoblanadi. Bu demokratiya va şaffoflikni ta’minlaşga xizmat qiladi deb hisoblayman”, – deydi Çve Yon Xa.

Şu paytgaça okrug saylov komissiyasiga saylov qonunçiligi buzilişi bilan boğliq murojaatlar kelib tuşmagan.