8 iyul kuni Ukrainaga qaytgan «Azovstal» mudofaasi komandirlari yana harbiy harakatlarda iştirok etmoqçi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Turkiyadan qaytib kelgan «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko Lvivda jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Işonçim komilki, armiya — jamoaviy işdir va biz bugungi kundan e’tiboran sizlar bilan birgalikda kuraşni davom ettiramiz, biz jangda albatta öz sözimizni aytamiz. Eng asosiysi — ukrain armiyasi front çiziğida strategik taşabbusni qölga olgan va har kuni biz olğa ilgarilayapmiz», degan u.

Jurnalistlarning «Azovstal» mudofaasi komandirlari frontga qaytadimi, deya bergan aniqlaştiruvçi savoliga Prokopenko şunday javob qaytargan: «Albatta. Biz şuning uçun Ukrainaga qaytdik. Bu bizning asosiy maqsadimiz».

«Biz qaytib keldik va buyoğiga öz işimizni davom ettiramiz. Biz harbiylarmiz, biz qasamyod qabul qilganmiz», — degan xuddi şu uçraşuvda «Azov» komandiri örinbosari Svyatoslav Palamar.

  • 8 iyul kuni «Azovstal» mudofaasining beş komandiri Turkiyada kuzatuv ostida ötkazilgan bir neça oydan keyin Ukrainaga qaytib keldi. Ular vatanga Ukraina prezidenti, şu kuni Turkiyaga taşrif buyurgan Volodimir Zelenskiy bilan birga qaytişdi.
  • Bu harbiylar 2022 yil sentabrida Ukraina va Rossiya örtasida amalga oşirilgan keng kölamli asirlar almaşinuvi doirasida Turkiyaga yuborilgandi. Zelenskiy almaşuvdan keyin darhol kelişuv şartlariga köra komandirlar uruş oxiriga qadar Turkiyada qolişi kerakligini aytgandi. RF va Turkiya bu şart yuzasidan rasman izoh bermagandi.
  • Ukrain komandirlari vataniga qaytganidan keyin Kreml Anqara va Kiyevni kelişuvni buzişda aybladi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, «Azovstal» komandirlari qaytarilişi haqida Moskvani «heç kim xabardor qilmagan».