Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 8 iyul, şanba kuni keçqurun Instagram’da prezident Volodimir Zelenskiyning Bolgariya, Çexiya, Slovakiya va Turkiyaga taşrifi yakunlarini sarhisob qilar ekan: «Ukraina va NATO uçun bir qança muhim qarorlar kelişib olindi», deb yozdi.
«Bu juda muhim natija, boşqa köp hollarda bölgani kabi bizga bu sodir bölmasligi aytilgan edi, lekin buni eng yaqin hamkorlarimiz bilan birga qildik», deb qöşimça qildi Kuleba. Şu bilan birga, u 11—12 iyul kunlari Vilnyusda bölib ötadigan NATO sammiti yakunlariga köra, Ukrainaning Şimoliy Atlantika alyansigaça bölgan yöli «albatta qisqarişini» ta’kidladi.
Şu bilan birga, Ukraina diplomatiyasi rahbarining ta’kidlaşiça, bugungi kunda «Ukrainaning NATOga qöşiliş taklifi böyiça aniqlik yöq». «Hozir bunga aniqlik kiritiş uçun noyob vaqt. NATO uçun bu imkoniyatni qöldan boy beriş Putinga barça jabhalarda sovğa berişni anglatadi», dedi Kuleba.
Zelenskiyning Çexiyaga taşrifi çoğida prezident Petr Pavel Ukrainani uruş tugaganidan söng darhol NATOga a’zo böliş böyiça muzokaralarni boşlaşga çaqirdi. «Bu bizning xavfsizligimiz, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy farovonlik manfaatlariga ham javob beradi», dedi u. Unga köra, Çexiya joriy yilda ham Ukrainaning YeIga kirişi böyiça muzokaralarni boşlaş ustida iş olib boradi.
Avvalroq Bolgariya parlamenti köpçilik 157 ovoz bilan Ukrainaning uruş tugaganidan keyin NATOga a’zo bölişini qöllab-quvvatlovçi deklaratsiyani qabul qilgan edi.
Iyun örtalarida Zelenskiy idorasi rahbari örinbosari Igor Jovkva 20 davlat uning mamlakatining Şimoliy Atlantika alyansiga a’zoligini qöllab-quvvatlaşini aytdi. Kiyev NATOga a’zo böliş uçun 31 davlat roziligini olişi kerak.
16 iyun kuni taşkilot boş kotibi Yyens Stoltenberg matbuot anjumanida Şimoliy Atlantika alyansining Vilnyusdagi sammitida uning a’zolari «taklifnomani emas, Ukrainani NATOga qanday yaqinlaştirişni muhokama qilişini» bildirdi.

















