“Özgidromet” xabariga köra, havo harorati kundan-kunga kötariladi. Hududning katta qismida issiq ob-havoning çöqqisi hafta örtalariga töğri keladi. 12-13 iyul kunlari kunduzgi havo harorati +40...+42 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +43...+45 darajagaça kötariladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining şimolida 11-12 iyul kunlari eng yuqori harorat +43...+45 daraja bölişi kutilmoqda.
Kuçli issiq qisqa muddat kuzatiladi. 13 iyulda Özbekistonning şimoli-ğarbiy hududlarida, 14 iyulda respublikaning barça hududlarida atmosferadagi janubiy oqimlar ğarbiy oqimlarga özgaradi va havo harorati +33...+38 darajagaça, janubda +40 darajagaça pasayadi. Bunday harorat foni dam oliş kunlarida ham saqlanib turadi.
Uşbu hafta davomida respublikaning barça hududlari böyiça havo kam bulutli va asosan quruq bölişi kutilmoqda.
10-12 iyulda şimolda va çöl hududlarda, 13-14 iyul kunlari respublika böyiça şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi kutilmoqda.
Poytaxtda 10-14 iyul kunlari asosan kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol tezligi asosan kuçsiz böladi, 14 iyulda 10-12 m/s gaça kuçayişi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat +37...+39 daraja böladi, 11-13 iyulda harorat asta-sekin kötariladi va 12-13 iyul kunlariga borib +39...+42 darajagaça, 14 iyulda +36...+38 daraja böladi.












