Polshada Rossiya razvedka tarmog‘iga ishlagan ukrainalik qo‘lga olindi
Polsha Ichki ishlar vazirligi rahbariga ko‘ra, gumonlanuvchi Rossiya razvedkasi manfaatlaridan kelib chiqib, harbiy obektlar va dengiz portlarini kuzatgan.

Foto: censor.net.ua
Polsha Ichki xavfsizlik agentligi (IXA) «Rossiya razvedkasi uchun ishlagan» yana bir tarmoq a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda 10 iyul, dushanba kuni Polsha ichki ishlar va ma’muriyat vaziri Mariush Kaminskiy ma’lum qildi.
Qo‘lga olingan shaxs Ukraina fuqarosi bo‘lib, 2019 yildan beri Polshada yashaydi. «Gumonlanuvchi harbiy inshootlar va dengiz portlarini kuzatgan», dedi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak Rossiya tomonidan tizimli ravishda pul olgan. Bu tergov doirasidagi o‘n beshinchi ushlangan shaxs, deya qo‘shimcha qildi Kaminskiy.
Avvalroq, 30 iyun kuni Polsha milliy prokuraturasi IXA xodimlari Rossiya fuqarosi va «birinchi liga klubi sportchisi»ni qo‘lga olgani haqida xabar bergan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, gap hokkey klubi haqida boryapti.
Erkak uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va Polsha zarariga xorijiy razvedka xizmati manfaatlarini ko‘zlab harakat qilganlik moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u, xususan, bir nechta voyevodliklarda muhim infratuzilmani o‘rganish bilan shug‘ullangan, rahbarlarni razvedka natijalari to‘g‘risida xabardor qilgan va buning uchun mukofot olgan. Rossiyalik Polshada 2021 yil oktyabr oyidan beri bo‘lgan. U hibsga olingan va 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. 13 iyun kuni Lyublin tuman sudi erkakni uch oyga hibsga olishga qaror qildi, deya xabar beradi «Polskoye radio».
Tergovning fikricha, tarmoqdan Rossiya maxsus xizmatlari, xususan, temiryo‘l izlarini kuzatish uchun foydalangan. Guruh, shuningdek, NATO, Polsha va hukumat siyosatiga qarshi tashviqot olib borishi va Rossiya razvedkasi buyurtmasiga ko‘ra diversiyalar tayyorlashi kerak edi, deya ta’kidlab o‘tdi «Polskoye radio».
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

23:46 / 15.05.2025
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi

21:54 / 15.05.2025