Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etiladi
Shuningdek, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.
«Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 sentabrdan:
- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;
- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzularini shakllantirish hamda ularni Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish tizimi joriy qilinadi.
- «Agrobank»ning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubatsion markazlar, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, o‘simliklar va veterinariya klinikalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.
Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil nodavlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi.
Xalqaro maktabga o‘quvchilar 2023/2024 o‘quv yilidan 1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi.
Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:
- Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
- idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence);
- ushbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlashgan Genbanki;
- Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026