Kasanachilarga ipak qurti bilan bog‘liq resurslarni pillachilik klasterlari bepul beradi
Kasanachilar, pillachilik uy xo‘jaliklari hamda fermer xo‘jaliklariga ipak qurti urug‘i va uni parvarish bilan bog‘liq resurslar, jumladan to‘shama qog‘oz, termometr, polietilen plyonka, psixrometr (inkubatoriyalar uchun) va boshqa zaruriy resurslar pillachilik klasterlari tomonidan bepul beriladi.

Foto: Kun.uz
“Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi 2023-2024 yillarda Osiyo taraqqiyot bankidan 10 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini tut yetishtirish, pillani qabul qilish, saralash, saqlash va qayta ishlash kompleksini qurishga jalb etish choralarini ko‘radi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qo‘mita va «O‘zbekipaksanoat» uyushmasining takliflariga asosan, hududiy «Agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilandi.
Bunda:
- qo‘mita va «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi eskirgan tutzorlarni ularni rekonstruksiya qilish sharti bilan pillachilik uy xo‘jaliklariga biriktiradi;
- tutzorlarni belgilangan o‘lchamlarda pillachilik uy xo‘jaliklariga biriktirish aholi bilan oldin tuzilgan oilaviy pudrat shartnomalari muddatlari tugagandan so‘ng amalga oshiriladi;
- pillachilik uy xo‘jaliklarining faoliyati pillachilik klasterlari bilan kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘yiladi;
- pillachilik uy xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonining tut qatorlari orasiga sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlarni ekishga ruxsat beriladi;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari oilaviy pudrat shartnomasi shartlari asosida pillachilik uy xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yib, aholi bandligini ta’minlashga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
-
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin
Jahon | 21:16
-
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV
Jahon | 19:42
-
Belarus muxolifati vakili Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi
Jahon | 19:22
Mavzuga oid

11:43 / 05.02.2025
Pillachilik sohasida ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tartib tasdiqlandi

14:04 / 30.01.2025
Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

18:27 / 31.07.2024
Hazoraspda kasanachi dehqonning 1500 tut niholi nobud qilindi

12:24 / 24.02.2023