Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Özbekistonda şaharlarning kengayişi va buning atrof-muhitga ta’sirini tahlil qildi. Unga köra, 2017-2021 yillarda eng köp uylar Samarqand, Qaşqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toşkent şahrida qurilgan. Buning natijasida ayrim şaharlarda yaşillik 37 foizgaça kamayib ketgan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti örganişlarida körsatilişiça, dunyoda şaharlar ikki asosiy usulda, ya’ni taşqi tomonga kengayiş – gorizontal yoki yuqoriga ösiş – vertikal rivojlanadi.
Şaharlar kengayişining 3 xil asosiy ssenariysi bor. Bu – aholi ziçligi kamayişi, özgarmasligi va ortişi bilan bölişi mumkin. Birinçi va ikkinçi ssenariylar odatda şahar hududining yon-atrofga kengayişini ifodalaydi. 3-ssenariy böyiça esa şahar vertikal ösib, aholi ziçligi ortib boradi.
Şaharlar vertikal ösişining quyidagi afzalliklari bor:
- yerdan foydalanişni optimallaştiriş;
- infratuzilmalarga kiritiladigan investitsiyalarni qisqartiriş;
- şaharlar içida sayohat vaqtini kamaytiriş;
- kişilarning bir joyda jamlanib axborot va bilim almaşişini tezlaştiriş;
- yanada barqaror şahar rivojlanişini qöllab-quvvatlaş.

Şu bilan birga, vertikal ösiş bilimga asoslangan boşqaruv modellarini qöllaşni talab etadi.
Özbekistonda 2012-2016 yillarda xonadonlar (uy)lar soni 6,6 foizga ösgan bölsa, 2017-2021 yillarda ösiş ötgan 5 yillikdagidan 3 barobar ortiq –20,3 foiz bölgan. Bu davrda uylar Samarqand, Qaşqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toşkent şahrida eng köp qurilgan.
Tahlil natijalariga köra, 2021-2022 yillarda Sardoba, Jondor, Peşku, Xöjaobod, Söx va Boğdod tumanlari; Navoiy, Jizzax, Zarafşon, Buxoro va Andijon şaharlarida vertikal ösiş eng yuqori bölgan.












