Şavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni ötkazgan videoselektor yiğilişida köplab amaldorlar lavozimlaridan oldi. Yana bir neçtasi intizomiy jazoga tortildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev investitsiyalar jalb qilişni yanada kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazdi. Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda investitsiya muhiti qoniqarsiz bölgan önta tuman va 2 ta şahar hokimlarini lavozimdan ozod qiliş böyiça topşiriq berildi.
Bular Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldoşev, Qörğontepa tumani hokimi Elyorbek Nabijonov, Buxoro tumani hokimi Xayrullo Jörayev, Mirişkor tumani hokimi Şerali Sanayev, Çiroqçi tumani hokimi Nodir Erkayev, Xatirçi tumani hokimi Sayfiddin Nizomov, Payariq tumani hokimi Zafar Ergaşev, Oqoltin tumani hokimi Dilmurod Fozilov, Guliston tumani hokimi Saydimqul Begimqulov, Oqqörğon tumani hokimi Alişer Karimjonov, Navoiy şahri hokimi Muratxan Egamqulov va Yangiyöl şahri hokimi Farhod Mirzayev.




























