Sammitning asosiy «töqnaşuv nuqtasi» hammaga ma’lum: Ukraina va NATO şarqiy qanotiga kiruvçi mamlakatlar Ukrainaning alyansga kirişi uçun aniq reja-jadvalni xohlaydi, şartli «eski Ğarb» mamlakatlari esa ma’lum bir manyovr erkinligini saqlab qolişni istaydi.
Bayden va saylov muammosi
AQŞ prezidenti Jo Bayden uçun parallel vazifa ham bor: prezidentlik saylovi bir yil-u tört oydan keyin ötkazilsa-da, Amerika ittifoqdoşlariga Ukrainaga yordam berişdan töxtamasligini isbotlaşi kerak.
BBC’ning Şimoliy Amerika böyiça muxbiri Entoni Zurkerning sözlariga köra, respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bölganlar Ukraina masalasida turliça fikrda. Bayden ulardan biri bilan yakuniy bosqiçda kuraş olib borişiga töğri keladi.
Respublikaçilar partiyasidan asosiy nomzod bölişga da’vogar Donald Tramp Ukraina masalasida noaniq va tuşunarsiz bayonotlar bermoqda. Jumladan, uruşni 24 soat içida töxtatişini aytdi, ammo bunga qanday erişmoqçi ekanini tuşuntirmadi.
Boşqa respublikaçilar, xususan, sobiq vitse-prezident Mayk Pens va Qöşma Ştatlarning BMTdagi sobiq elçisi Nikki Heyli Ukrainani töliq qöllab-quvvatlamoqda.

BBC muxbirining ta’kidlaşiça, Bayden ma’muriyati rasmiylari saylovoldi kampaniyasi Ukrainaga harbiy yordam körsatiş jarayonini muqarrar ravişda, heç bölmaganda vaqtinçalik murakkablaştirişini tan olişadi.
«Baydenning vazifasi — buni tan oliş. Lekin şu bilan birga öz lavozimida qolar ekan (18 oy yoki yana 4 yil davomida) demokratik yöl bilan saylangan boşqa rahbarlarni işonçli hamkori bölişiga işontiriş», deb xulosa qildi muxbir.
Britaniya — harbiy mablağlar böyiça
Buyuk Britaniya Ukrainaning NATO taşkilotidagi eng faol ittifoqçilaridan biri va boş vazir Rişi Sunakning Ukrainani alyansga qabul qiliş borasidagi pozitsiyasi «eski» ittifoqdoşlardan köra Kiyevning özi va şarqiy qanotdagi davlatlarnikiga yaqinroq.
Vilnyusga yöl olar ekan, Sunak jurnalistlarga Ukrainaning örni NATOda ekanini va sammit iştirokçilari bu masala böyiça qandaydir «aniq yutuqlar»ga erişişi kerakligini aytdi.














