O‘zbekiston | 08:55 / 13.07.2023
1821
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonga 830 ming dollardan ortiq grant ajratadi

Mablag‘lar jamg‘arma hamkor banklari tomonidan ajratilgan «Yashil iste’mol kredit»lari 30 foizgacha qismini so‘ndirishga yo‘naltiriladi.

Foto: Energetika vazirligi

Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash Jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida shartnoma imzolandi

Kelishuv 833 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘larini jalb qilishni o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘lar jamg‘armaning hamkor banklari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador qurilmalarni xarid qilish uchun ajratilgan «Yashil iste’mol kredit»larining 30 foizgacha qismini so‘ndirishga yo‘naltiriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilishni xotin-qizlar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant mablag‘lari hisobidan ayollarga ajratilgan «Yashil iste’mol kredit»ning 37,5 foizgacha qismi qoplab berilishi belgilanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid