General-mayor Ivan Popov Ukraina janubidagi Zaporijjya viloyatida jang qilayotgan Rossiyaning 58-umumqöşin armiyasi qömondoni lavozimidan çetlaştirilganini ma’lum qildi. Popovning öz qöl ostidagilariga murojaati tegişli audiofaylini 12 iyul, çorşanba kuni özining Telegram-kanalida Davlat dumasi deputati, avvalroq 58-armiyaga rahbarlik qilgan Andrey Gurulev e’lon qildi. Murojaatnomasida Popov yuqori lavozimli organlarga bergan hisobotida Rossiya armiyasidagi «jangovar iş va qöllab-quvvatlaşdagi» muammolarni «qat’iy» aniqlab, «bor haqiqatni» yozgani uçun işdan böşatilganini aytgan.

Qömondon Popovning ta’kidlaşiça, u öz boşliqlarining e’tiborini «aksilbatareya kuraşiş qobiliyati, artilleriya razvedka stansiyalari yöqligi», şuningdek, harbiy xizmatçilarning duşman artilleriyasidan «ommaviy ölimi va jarohati»ga qaratgan va buni «asosiy fojia» deb atagan.

Generalning sözlariga köra, uni işdan böşatiş töğrisidagi buyruq «bir kun içida çiqarilgan» va «mudofaa vaziri Sergey Şoygu tomonidan imzolangan», çunki Popovning sözlariga köra, «katta qömondonlar undan xavfni sezgan».

«Vagner» XHK bilan boğliq bölgan Grey Zone Telegram-kanaliga köra, Ivan Popov RF Qurolli kuçlari Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimovga hisobot berganidan keyin lavozimidan çetlaştirilgan, unda Popov boşqa narsalar qatorida birinçi front çiziğidagi qöşinlarni rotatsiya qilişni taklif qilgan.

«VÇK-OGPU» Telegram-kanali ham Popovning iste’foga çiqişi haqida bir kun avval yozgan, buni armiya qömondoni va Gerasimov örtasidagi mojaro bilan boğlagan. «Popov öz ma’ruzasida uzoq vaqt davomida töqnaşuv çiziğida bölgan va katta yöqotişlarga uçragan bölinmalarni rotatsiya qiliş zarurati masalasini kötardi. Gerasimov Popovni vahima qözğaşda va yuqori rahbariyatni şantaj qilişda aybladi. Popovning şaxsan Putinga muammo haqida xabar berişga tayyorligi haqidagi bayonotidan söng, Gerasimov uni lavozimidan çetlatib, oldingi saflarga jönatib yubordi», — deydi kanal axborot manbalarini oşkor qilmasdan.