Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) ma’lumotlariga köra, Sudanning Ğarbiy Darfur mintaqasidagi ommaviy qabrdan kamida 87 kişining jasadi topilgan. 13 iyul, payşanba kuni Jyenevada BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Turkning aytişiça, odamlarning ölimi va ommaviy qabr yaratilişi uçun Tezkor harakat kuçlari (RSF) mas’ul ekanligi haqida işonçli ma’lumotlar bor.
Uning sözlariga köra, mintaqa aholisi ölganlarning jasadlarini yöq qilişga majburlangan. Jasadlar qabristonlardan biriga munosib kömiliş örniga El-Jyeneyna şahri yaqinidagi oçiq maydonga dafn qilingan, deb xabar bermoqda Reuters.
Mamlakatning amaldagi prezidenti bölgan, Ötiş davridagi suveren kengaş rahbari Abdul Fattoh al-Burxon boşçiligidagi Sudan armiyasi va RSF örtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. Tomonlar bir neça bor sulh e’lon qilgan, biroq unga rioya etmagan.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti ma’lumotlariga köra, Sudandagi mojaro kamida 1800 kişining hayotiga zomin bölgan va minglab odamlar yaralangan. 350 000 ga yaqin sudanlik mamlakatni tark etdi, bir millionga yaqin kişi esa öz uyini taşlab ketişga majbur böldi. BMT Şarqiy Afrikada humanitar inqiroz yuzaga kelişi ehtimolidan ogohlantirdi.












