Migratsiya masalalari böyiça ekspert Botirjon Şermuhammad Kun.uz’ga bergan intervyusida hukumatni vatandoşlar uçun içkarida köproq iş örinlari yaratişga çaqirdi. Unga köra, işsizlikka yeçim sifatida vatandoşlarning xorijga yuborilişi töğri emas.

“Odamlar muhojirlikda heç qaçon baxtli bölmaydi. Bu narsani hukumat ham, özimiz ham tuşunişimiz kerak. Borib pul topiş mumkin, lekin baxtli bölib bölmaydi.

Deylik, Rossiyada Rossiya fuqarosi 8 soatlik işdan keyin uyiga boradi, oilasi bilan böladi, dam oladi. Biznikilar esa muhojirlikda kamida 12 soat işlaydi. Yaşaş joyi ham quriliş yaqinidagi qandaydir vagonga öxşaş narsa. U yerda oilasi yöq, dam olişga, boşqa bir şaklda hordiq çiqarişga imkoniyati ham yöq. Kamida 6 kun işlaydi haftasiga şu tartibda. Bu narsa oylab, yillab davom etgaç, odamning psixologiyasi özgaradi, asablari çarçaydi, bunday odamlarga esa ozgina gap ham ortiqçalik qilib qolişi mumkin.

Özbekistonda qolgan oilasida ham şunday baxtsizlik böladi. Psixologik holati buzilganidan, çarçaganidan öz bolasini qiynab videoga olganlar çiqyapti. Biz heç qaçon odamlarni çetga işga yuborib, vatanni rivojlantirolmaymiz, odamlarni baxtli qilolmaymiz. Çet elda işlaş vaqtinçalik bölişi kerak. Çiqqan inson faqat, 3-4 oyda qaytib kelişi lozim. Bölmasa, bunday ijtimoiy muammolar kelib çiqaveradi.

Rossiyadagi bir uçraşuvda Içki işlar vazirligi xodimiga siz ham oilasiz bir neça oy yaşab köring-çi, deb aytdim. Yillab yuradi odamlar u yerda. Işsizlik yeçimi sifatida vatandoşlarni çet elga yuboriş — notöğri. Biz bunga emas, özimizda iş örni yaratişga harakat qilişimiz kerak — bundan boşqa yeçim yöq”, – Botirjon Şermuhammad.