RF 58-umumqöşin armiyasi qömondoni, general-mayor Ivan Popov «katta boşliqlar» bilan mojaro haqida xabar berdi. Popovning, katta ehtimol bilan faqat öz qöli ostidagilar uçun möljallangan murojaatini Davlat dumasi deputati, ötmişda 58-armiyaga qömondonlik qilgan Andrey Gurulev öz telegram-kanalida e’lon qildi. Popov murojaatida, xususan, «yuqoridagi boşliqlar bilan murakkab vaziyat yuzaga kelgani, bunda tilni tiyib, qörqoqlik qiliş va ular istagan narsalarni gapiriş yoki barça narsani öz nomi bilan ataşga töğri kelgani» haqida gapirgan. Popov jim turmaslikka qaror qilgan.

General, özining sözlariga köra, rahbariyatga Rossiya armiyasidagi «jangovar iş» va ta’minotga taalluqli bölgan muammolarni «keskin» sözlar bilan ifodalagan. «Men zamonaviy uruşdagi asosiy fojiaga e’tibor qaratdim — bu kontrbatareya kuraşi yöqligi, artilleriya razvedkasi stansiyalari yöqligi va oğa-inilarimiz raqib artilleriyasidan yoppasiga halok bölişi», — degan Popov.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksey Danilov 4 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlarining mamlakat janubidagi yurişning yangi bosqiçidagi birinçi galdagi vazifasini aytgandi — «[artilleriya olovi bilan] Rus armiyasining jonli kuçlari, texnikalari, yonilği va öq-dori omborlari, qömondonlik punktlari, artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlarini maksimal darajada yöq qiliş. Sönggi kunlar [bu borada] ayniqsa serhosil böldi». Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuçlari tomonidan 58-armiyaning ham front ortidagi pozitsiyalariga artilleriya zarbalari yöllangani aks etgan önlab videolar namoyiş etilgandi.

Şundan keyin Popovni lavozimidan çetlaştirişgan. Generalning sözlariga köra, uni işdan olib taşlaş töğrisidagi buyruq «juda tez, şu kunning özida» tayyor bölgan. «Bizning armiyamizga Ukraina qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari front çiziğidan ötib kirib kela olmadi, bizga orqadagi katta boşliqlarimiz zarba berdi, eng oğir va keskin pallada xiyonatkorona va razillik bilan armiyani boşsiz qoldirdi», — degan u.

Popov qömondonlik qilgan 58-armiya RF qurolli kuçlaridagi eng yirik va jangovar tuzilmalardan biridir. Rossiya qöşinlarida armiya — bölinmalar (diviziyalar, brigadalar, kuçaytiriş va xizmat körsatiş bölinmalari)dan tarkib topgan operativ birlaşma bölib, armiya iyerarxiyasida undan yuqorida faqat harbiy okrug turadi. 58-armiya 2008 yilda Janubiy Osetiyadagi harbiy nizoda faol iştirok etgan, Ikkinçi çeçen uruşida esa asosiy birlaşgan guruh bölgan. RF qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bosqini boşida 58-armiya Dniproning öng sohiliga va Mariupolga yorib ötişni amalga oşirgan asosiy qöşinlar bölgan, 2023 yil yozida Ukraina qurolli kuçlari