Ukrainaning NATO a’zosi böliş ehtimoli Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi, dedi Vladimir Putin 13 iyul kuni jurnalistlar savollariga javob berar ekan. 

«Ukrainaning NATO a’zosi bölişiga kelsak, ular bu haqda bir neça bor gapirişgan - bu Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi. Işonçim komil, bu Ukraina xavfsizligini mustahkamlamaydi, dunyoda ham qöşimça taranglikni keltirib çiqaradi. Şu tufayli, bunda bir yaxşi jihatni körmayapman. Bu boradagi pozitsiyamiz allaqaçon şakllangan va hammaga ma’lum», deb Interfax Putin sözlaridan iqtibos keltirdi. 

U, şuningdek, ğalla bitimi haqida gapirib, Rossiya undagi iştirokini töxtatib qöyişi mumkinligini va bu Rossiya qöygan şartlar bajarilişi uçun zarur bölgan vaqtgaça davom etişini aytdi. 

«Heç narsa, şuni ta’kidlamoqçiman, umuman heç narsa qilinmadi. Bu bir tomonlama öyin. Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga oid biror band ham bajarilmadi», dedi Putin. 

«Ular bitimning Rossiya qöygan şartlarini bajarsin, biz darhol unga yana qöşilamiz», dedi Putin va muddati 17 iyul kuni tugaydigan ğalla bitimini qanday hal etiş haqida öylaşini qöşimça qildi. 

«Ğalla bitimi» - Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT örtasidagi Ukraina ğallasini Qora dengiz portlaridan eksport qiliş böyiça tuzilgan kelişuv. Moskva uni muntazam tanqid qilib, tölov, taşiş va suğurta çeklovlari ğalla eksportiga tösqinlik qilayotganini ta’kidlab kelmoqda.