Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq bosh prokuror lavozimini egallashi mumkin emasligi belgilanadi
“Sud va prokuratura organlari faoliyatiga oid konstitutsiyaviy kafolatlar kuchaytirilganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
1) “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga:
– ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emasligi belgilanmoqda;
– O‘zbekiston bosh prokurorini Oliy Majlis Senati ma’qullaganidan keyin O‘zbekiston prezidenti lavozimga tayinlashi va lavozimidan ozod etishi belgilanmoqda;
– O‘zbekiston bosh prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasi aniqlashtirilib, o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bilan chegaralanmoqda;
2) “O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga:
– O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi tarkibi, shu jumladan, kengash raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibi O‘zbekiston prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi, shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emasligi mustahkamlanmoqda;
3) “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga:
– odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda;
– odil sudlov qonunlar bilan birga, avvalo, Konstitutsiyaga qat’iy muvofiq holda amalga oshirilishi belgilangan holda, Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llashga zamin yaratilmoqda;
– sudyalikning kafolatlari kuchaytirilib, sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunishi, sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish (sudyani lavozimidan ozod etish) uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emasligi belgilanmoqda;
– qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari nafaqat barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun, balki fuqarolik jamiyati institutlari uchun ham majburiy hisoblanishi belgilanmoqda;
– Oliy sudning qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasi aniqlashtirilib, o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bilan chegaralanmoqda;
– sudlarni moliyalashtirish odil sudlovni to‘liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan tarzda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanmoqda;
– shaxslarning nafaqat davlat organlarining, balki boshqa tashkilotlarning ham qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi mustahkamlanmoqda;
– aybsizlik prezumpsiyasini va “Habeas korpus” institutini yanada qaror toptirishga oid qoidalar belgilanmoqda.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026