Ukrainada urushning 506-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belarus mudofaa vazirligi mamlakatga «Vagner» XHK jangchilari yetib kelganini ma’lum qildi. Ular harbiy instruktor vazifasini bajaradi.
  • JAR hukumati BRICS sammitida Rossiya nomidan Putin o‘rniga Lavrov qatnashishini so‘ragan. Moskva rad etgan.
  • Bryans oblastidagi Belaya Berezka posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralandi.
  • Davlat dumasi oddiy askarlar va serjantlar zaxirada bo‘lishining maksimal yoshini 50 dan 55 ga ko‘taruvchi qonun loyihasini qabul qildi.
  • The Washington Post nashri yozishicha, Zelenskiyning NATO «zaifligi» to‘g‘risidagi tvitidan keyin AQSh hukumati Ukrainani alyansga taklif etish masalasini muhokama qilgan.
  • Voronejga uchayotgan uch dron urib tushirilgan. Kursk oblastining Kurchatov shahrida dron qulashi oqibatida bir uy shikastlangan.
  • Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Krivoy Rogda bir necha bino shikastlangan, bir kishi jarohat olgan.

Ukraina harbiylari «Partizan» tizimini qo‘llamoqda

Ikki raqib — Ukraina qurolli kuchlari ham, RF qurolli kuchlari ham — urushning 500 kunidan keyin texnika taqchilligini his qilmoqda. Bunga birinchi yildagi yo‘qotishlar ham, armiya soni o‘sgani ham ta’sir qilmoqda: endilikda ko‘proq askarlarni qurollantirish talab etilmoqda. Ikki tomon ham shushpanserlardan (turli texnikalarning gibridlari va qo‘lbola qurollar) ham, samarasi shubhali bo‘lgan sovet davriga mansub ishlanmalardan ham foydalanishga majbur bo‘lmoqda.