O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni rivojlantirish xalqaro mintaqaviy markazi ochiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin hamda YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Parijdan tashrif buyurgan YuNESKO tadqiqot missiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar Toshkentda o‘tkazilgan «Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi» doirasida O‘zbekiston prezidentining YuNESKO shafeligida 2-toifali mintaqaviy markazni ochish bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishga qaratilgan masalalarni ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, tomonlar jahon konferensiyasi davomida YuNESKOga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan YuNESKO Toshkent deklaratsiyasiga kiritilgan shartlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.
Agrippina Shin tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi kutilayotgan 2-toifali mintaqaviy markazga maktabgacha ta’lim bilan birgalikda, maktab va oliy ta’limni rivojlantirish masalalari kiritilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif taqdim etildi.
Yig‘ilishning asosiy qismi hududiy markazni ochish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishga qaratildi. Mazkur markazni ochish uchun texnik-huquqiy shart-sharoitlarni tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi
11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi
13:52 / 09.08.2024
O‘zbekistonda xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tashkil etiladi
18:53 / 30.07.2024