Jahon | 12:05 / 15.07.2023
4590
2 daqiqa o‘qiladi

Shols: Germaniya urush fonida yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaaga sarflaydi

Berlin uzoq muddatda mudofaaga yalpi ichki mahsulotning 2 foizini sarflaydi, 2027 yilgacha Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ uchun 17 milliard yevro beradi, dedi Germaniya kansleri yozgi matbuot anjumanida. 

Foto: Michael Kappeler/dpa

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida Germaniya kansleri Olaf Shols hukumat uzoq muddatda yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaaga sarflashiga va’da berdi. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari 14 iyul, juma kuni Berlindagi yozgi matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qildi

«Biz bu 2 foizni mudofaa uchun, Bundesver uchun sarflashga qaror qildik. Kelgusi yilda budjet va maxsus texnika hisobidan birinchi marta bu maqsadli ko‘rsatkichga erishamiz», deya ta’kidlab o‘tdi Shols.

«Va men bu yerda ko‘p marta aytganimni takrorlayman: yondashuv maxsus fond sarflangan taqdirda ham o‘zgarishsiz qoladi», deya qo‘shimcha qildi Olaf Shols. Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari Berlinning Shimoliy Atlantika shartnomasi 3-moddasi bo‘yicha majburiyatlarini eslatdi. 

2027 yilgacha Germaniya Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun 17 milliard yevro ajratadi — gap Germaniyadan yoki Berlin mablag‘lari evaziga sotib olingan qurollar haqida bormoqda, dedi kansler. 

Shols Germaniyaning rivojlanishi haqida gapirar ekan, federal hukumat Germaniyani modernizatsiya qilish yo‘nalishini aniq belgilab olganiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishlar sur’ati sezilarli darajada tezlashgan. 

2030 yilga borib, mamlakat elektr energiyasining 80 foizi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarilishi kerak – hozirda, sanoat ma’lumotlariga ko‘ra, bu ulush 50 foizdan oshadi, deya aniqlik kiritdi dpa. 

 

Mavzuga oid