Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Tergov qömitasi xodimlari tarğibotçi Margarita Simonyan va teleboşlovçi Kseniya Sobçak öldirilişiga tayyorgarlikning oldi olingani haqida xabar berdi. Ehtimoliy suiqasd Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilgani da’vo qilinmoqda.

FXX ma’lumotlariga köra, bu iş böyiça Moskva va Ryazan viloyatida Simonyan va Sobçakni kuzatib borgan «Paragraf-88» guruhi a’zolari qölga olingan. Ulardan Kalaşnikov avtomatlari, patronlar, rezina tayoqlar, piçoqlar va kişanlar olib qöyilgan.

FXX ta’kidlaşiça, qölga olinganlar «har bir qotillik uçun 1,5 million rubl mukofot» evaziga «Ukraina xavfsizlik xizmati buyurtmasi» böyiça harakat qilganini allaqaçon tan olişgan.

2022 yil aprel oyida FXX Vladimir Solovyov va boşqa bir qança tarğibotçilarga suiqasdning oldi olinganini e’lon qilgan edi. Keyinçalik qotillikni rejalaştirişda gumon qilingan olti nafar şaxs hibsga olindi.