Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan Ukraina hududining NATOga qöşilişi va mamlakatning Rossiya egallab olgan qismiga alyans kafolatlari tegişli bölmasligi Ukraina uçun «supertarixiy imkoniyat» böladi. Bu fikrni Ukraina prezidenti devoni sobiq maslahatçisi Oleksiy Arestoviç jurnalist Yuliya Latininaning YouTube’dagi efirida bildirdi. Ukraina va Rossiya matbuoti 16 iyul, yakşanba kuni uşbu bayonotga e’tibor qaratdi.

«Ba’zi işğol qilingan hududlar Ukraina hukumati nazoratidan taşqarida qolmoqda. Aytaylik, 80 foizi (...) Aslida, biz, davlatning aksariyat qismi uçun uruşni töxtatib, NATOga a’zo bölamiz. Köpçilik buni öta tarixiy imkoniyat deb aytişi mumkin», dedi Arestoviç. 

Şu bilan birga, u ayrim tahlilçilarning Ukrainaga Qrim va boşqa hududlarni ozod etişdan boş tortişni heç kim taklif qilmayotgani haqidagi fikrlarini esga oldi: «Ular şunçaki istiqbol yöqligi sababli buni harbiy yöl bilan qilmaslikni taklif etmoqda. Yoki buni 200 ming erkak aholisi, genofondi, vayron bölgan iqtisodiyoti va boşqa narsani yöq qiliş orqali harbiy yöl bilan amalga oşirsa böladi».

Arestoviçning sözlariga köra, birinçi ssenariy «GFR-GDR varianti»ni eslatadi: «GFR NATOga qöşiladi, GDR Germaniya hududi sifatida tan olingan, lekin NATO kafolatlari unga taalluqli emas». «Aslida, bu juda yaxşi kelişuv. Qaysidir darajada axloqsiz, lekin juda yaxşi», - dedi Yuliya Latininaning suhbatdoşi.