Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko «köngillilar militsiyasi töğrisida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda 17 iyul, duşanba kuni Lukaşenko matbuot xizmatida ma’lum qilindi. 

Hujjat harbiy holatni ta’minlaşda «fuqarolarning ixtiyoriy iştiroki uçun» huquqiy asoslarni yaratdi. Bundan taşqari, hududiy içki işlar organlariga yordam körsatiş uçun qöşimça şart-şaroitlar beradi. 

Fevral oyida harbiylar militsiya tarkibiga kamida 100-150 ming kişi kirişi mumkinligini aytgan edi. «Biz harbiy tayyorgarlikdan ötmagan odamlar, jumladan, ayollar ham köngilli bölişi mumkinligini istisno qilmaymiz», dedi Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin. Hujjat Mudofaa vazirligi tomonidan mamlakat Içki işlar vazirligi bilan birgalikda işlab çiqilgan. 

2022 yilning kuzida Belarusda test formatida xalq militsiyasi taşkil etildi. Öşanda u Mogilev viloyatining Klimoviçi tumanidagi qişloq kengaşi negizida tuzilgan. Militsiya hududiy mudofaani töldiradi. 

Avvalroq, 17 iyul kuni «Belaruskі Gayun» monitoring guruhi Belarusga yetib kelgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining yana bir karvoni özi bilan 100 dan ortiq texnika olib kelgani haqida xabar bergan edi.