Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Kiyevni Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olishga chaqirdi
Annalena Berbok Birlashgan Millatlar Tashkilotida Rim statutini isloh qilish - bosqinchilik jinoyatini cheklovlarsiz ta’qib qilish haqida gapirdi.
Foto: Sean Gallup/Getty images
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Kiyevni Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan olishga va uning huquqiy asosi sifatida Rim statutini ratifikatsiya qilishga chaqirdi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari 17 iyul, dushanba kuni BMTda nizom tashkil etilganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
«Men bu masala qanchalik nozik ekanini bilaman», dedi Berbok. «Ukraina askarlari emas, balki Rossiya armiyasi agressiv urush olib bormoqda», — deya qo‘shimcha qildi u. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining fikricha, XJS Kiyev uchun to‘g‘ri platforma hisoblanadi. «U Ukrainani kuchaytiradi, Ukraina esa XJSni kuchaytiradi», deb hisoblaydi nemis diplomatiyasi rahbari.
Annalena Berbok XJSning huquqiy bazasini isloh qilish bo‘yicha o‘z taklifini takrorladi, deya xabar beradi dpa. Shu tariqa, Germaniya TIV rahbari bosqinchilik jinoyati cheklovlarsiz jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun Rim statutiga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. Buning uchun, uning fikricha, tajovuz qurboni bo‘lgan davlat sud yurisdiksiyasida bo‘lishi kifoya.
Hozirgi bosqichda na Rossiya, na Ukraina statutni ratifikatsiya qilmagan.
Mavzuga oid
21:23 / 31.01.2026
Klichko Kiyev aholisiga xavotirli murojaat bilan chiqdi
09:03 / 29.01.2026
Zelenskiy blekaut fonida Kiyev shahar ma’muriyatini tanqid qildi
09:25 / 21.01.2026
Zelenskiy: Kiyevda bir milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
19:16 / 20.01.2026