Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida prokuratura tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oşirildi. Viloyat prokuraturasi xabariga köra, jami 5 ta yangi tayinlov kuzatilgan.
Boş prokuror buyruğiga asosan 1-darajali yurist Şeroz Şavkatoviç Abrayev Baxmal tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Ş.Abrayev tayinlovga qadar viloyat prokuraturasida bölim boşliği lavozimida işlagan;

Adliya maslahatçisi Uluğbek Mamanazaroviç Şonazarov Ğallaorol tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. U. Şonazarov tayinlovga qadar viloyat prokuraturasida bölim boşliği lavozimida işlagan;

Adliya kiçik maslahatçisi Samandar Egamberdiyeviç Razzoqov Döstlik tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. S.Razzoqov tayinlovga qadar Ğallaorol tuman prokurori lavozimida işlagan;

Adliya kiçik maslahatçisi Akbar Hosilbekoviç Sakiyev Mirzaçöl tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. A.Sakiyev tayinlovga qadar Döstlik tuman prokurori lavozimida işlagan;

Boş prokurorning buyruğiga asosan adliya maslahatçisi Jamşid Jumabayeviç Qöşilov viloyat prokuraturasining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi. J.Qöşilov tayinlovga qadar Mirzaçöl tuman prokurori lavozimida işlagan.












