Nodavlat tashkilotlarning xorijiy grantlarni amalga oshirishi tartibi soddalashtiriladi
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyiha nodavlat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘i olish hamda grant loyihalarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutadi.
Loyiha bilan Hukumatning 2 ta qarori bitta hujjatga birlashtirilmoqda. Loyiha quyidagi talablarni bekor qilishni ko‘zda tutadi:
- nodavlat tashkilotlarining grant loyihasini amalga oshirish yuzasidan Tashqi ishlar vazirligining xulosasini olish;
- grant loyihasini amalga oshirishga biriktirilgan milliy hamkor tomonidan loyihaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda uning muddatini belgilash yuzasidan takliflar va tavsiyalar berish;
- qiymati BHMning 2 000 baravarigacha bo‘lgan grant loyihasi “yo‘l xaritasi”ni milliy hamkor bilan birgalikda tasdiqlash;
- qiymati BHMning 2 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan grant loyihasi “yo‘l xaritasi”ni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
- grant loyihasi “yo‘l xaritasi” ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazish, grant loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorlarni Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;
- grant loyihasi “yo‘l xaritasi” ijrosi yakuni bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotni Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- Adliya vazirligi tomonidan milliy hamkordan “yo‘l xaritalari”ning ijrosi bo‘yicha joriy va yakuniy ma’lumotni so‘rab olish;
- davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida imzolanadigan memorandumlar loyihalarini Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Loyihada quyidagi yangi qoidalar mustahkamlab qo‘yilmoqda:
- birinchidan, pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini kengaytirish;
- ikkinchidan, davlat organlarini faqat umumiy qiymati BHMning 1 000 baravari (330 mln. so‘m) va undan yuqori bo‘lgan loyihalarga biriktirish;
- uchinchidan, nodavlat tashkilotlari tomonidan xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish yakunlari bo‘yicha loyiha natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni www.e-ngo.uz portaliga joylashtirish;
- to‘rtinchidan, nodavlat tashkilotining grant loyihasida hamkor sifatida ishtirok etuvchi davlat tashkilotini o‘zgartirish tartibini aniq belgilash.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43 / 15.04.2025
Mavzuga oid

16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

14:25 / 31.03.2025
“Qat’iy nazoratga olamiz” – vazirlik grantlarni qayta taqsimlash jarayoni adolatli o‘tishini bildirdi

13:34 / 19.03.2025
«Ozodlik radiosi» grant to‘xtatilgani uchun USAGM'ni sudga berdi

10:19 / 15.02.2025