09:35 / 19.07.2023
5410
Reklama

Moody’s xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» kompaniyasining reyting prognozini «Ijobiy» darajasiga ko‘tarilganini e’lon qildi

2023 yilning may oyida «Standard & Poor’s» va «Fitch Ratings» bilan bir qatorda «katta uchlik» xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ijobiy», «Ba3» darajasiga ko‘tarilganini rasman e’lon qildi.

Foto: O‘zbekinvest

«O‘zbekinvest» O‘zbekiston bank-moliya sektoridagi «Moody’s» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Ba3» moliyaviy mustahkamlik reytingi berilgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

«Moody's» agentligining ma’lumotiga ko‘ra, «O‘zbekinvest»ning reytingi va moliyaviy mustahkamligi prognozi (IFSR) kompaniyaning bozordagi kuchli pozitsiyasi, mustahkam kapital buferlari, aktivlarning yaxshi sifati va yuqori sifatli barqaror daromadli vositalarga investitsiyalarning jalb qilinganligiga asoslanadi. 

Kompaniyaning kredit afzalliklari:

  - Baa3-Aaa reytingiga ega moliyaviy institutlar tomonidan boshqariladigan yuqori sifatli investitsiya portfeli;

- sug‘urta tavakkalchiligiga nisbatan kapitalning yuqori darajasi;

- O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi mustahkam o‘rni;

- geografik va biznes diversifikatsiyasi.

 «Moody’s» xalqaro reytingi prognozining «Ijobiy» darajasiga ko‘tarilishi kompaniyaning kreditga layoqatliligining yuqori darajasidan dalolat beradi, bu esa kompaniyaning xalqaro qayta sug‘urta bozorlariga faol kirishi, shuningdek, milliy eksportchilarni va O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlashni kengaytirish uchun sharoit yaratadi.

Bugungi kunga qadar «O‘zbekinvest» kompaniyasi dunyoning 118 ta davlatida qayta sug‘urtalash bo‘yicha faoliyat olib bormoqda, sug‘urta tushumlarining umumiy hajmida xorijiy daromadlar hajmi 65 foizdan oshdi.

Shuningdek, kompaniya jahonning 28 davlatiga respublikaning noxomashyo eksportining 32 foizini sug‘urta himoyasi bilan ta’minladi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi 2022 yildagi faoliyatining yakunlariga ko‘ra 930,5 milliard so‘m sug‘urta mukofotlarining yig‘ilishini ta’minladi hamda 2021 yil yakuniga nisbatan hajmlarni 2,4 barobar o‘sishiga erishdi, 2023 yilning 1-yarim yilligida esa 543,7 mlrd.so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga o‘sdi.

Top