Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining ma’lum qilişiça, A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantiriş institutida korrupsion holatlar aniqlangan.
Xususan, institut vazirlikning “Zör” loyihasi doirasida hududlardagi maktab öquvçilariga rus tilini örgatiş uçun 150 nafar rossiyalik mutaxassisning taşrifi va ularning uy ijarasi uçun “Araks Trade Business” MÇJ bilan 8 mlrd 473,4 mln sömlik şartnoma imzolagan. Kompleks ekspertizadan ötkazilmagan uşbu şartnomani tuzişda esa manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan.
Ya’ni “Araks Trade Business” MÇJning 2013-2021 yillardagi ta’sisçisi K.F. bölib, u 2018 yildan buyon Pedagoglarni kasbiy rivojlantiriş va yangi metodikalarga örgatiş böyiça milliy tadqiqot institutida öquv-metodik işlar böyiça prorektor lavozimida işlaydi.
Bundan taşqari şartnomaning özida ham qöşib yoziş va ortiqça tölovlar bölgan.
Xususan, şartnomaga muvofiq, 149 ta uy-joy ijarasi va körsatilgan xizmatlar uçun haqiqatda sarflangan mablağlardan kelib çiqib, institut tomonidan xarajat qilingan summa 4 mlrd 858 mln sömni taşkil etgan. Biroq 2021 yil sentabr — 2022 yil iyun oylarida Rossiyadan amalda kelmagan 31 nafar öqituvçiga 4 oydan 10 oygaça yaşamagan ijara uy-joylari uçun 569,4 mln söm ortiqça tölangan.
Şuningdek, uy-joy ijarasi va körsatilgan xizmatlar uçun 4 mlrd 858 mln söm tölanişi lozim bölgan bölsa-da, institut tomonidan 7 mlrd 52 mln söm mablağ ötkazib berilişi hisobiga “Araks Trade Business” MÇJga 2 mlrd 194,2 mln söm mablağ ortiqça tölab berilgan. Bu mablağlar keyinçalik özlaştirib yuborilgan.
Ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijalari böyiça Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Malaka oşiriş instituti hamda “Araks Trade Business” MÇJ mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borildi. Ayni paytda holat böyiça sud jarayonlari davom etmoqda.
Ayni paytda institut rasmiy saytida ikkita prorektor lavozimi vakant bölib turibdi. Oçiq ma’lumotlarga köra, institut prorektori sifatida 2020 yil 30 oktyabrda Karimov Farhod Erkinoviç “Onlayn maktab” ruknidagi darslarni tasvirga olişda faol qatnaşgani uçun “Xalq ta’limi a’loçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.













