«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin Belarusdagi jangçilariga murojaat qildi. Bu haqdagi videolavha «vagnerçilar»ga aloqador Telegram-kanallarida tarqaldi. 

«Hozir frontda sodir bölayotgan voqealar — şarmandalik, unda iştirok etişimiz şart emas. Biz özimizni namoyon qiliş mumkin böladigan vaqtni kutamiz. Şuning uçun biz bu yerda, Belarusda biroz vaqt bölişga qaror qildik», dedi Prigojin. 

Uning sözlariga köra, «Vagner» Belarus armiyasini «dunyoning ikkinçi armiyasiga aylantiradi». Şuningdek, «agar kerak bölsa, ularni himoya qiladi».

U «vagnerçilar»ni «tayyor bölişga», «öz darajasini» oşirişga va «yangi yölga, Afrikaga otlanişga» çaqirdi. 

«Ehtimol, biz özimizni va tajribamizni şarmanda qilişga majbur bölmasligimizga işonç hosil etgaç, uruşga qaytarmiz», dedi Prigojin. 

Video Tsel qişloğidagi «Vagner» lagerida yozib olingan bölişi mumkin. U yerga yollanma jangçilarning kolonnalari yetib bormoqda. Qayd qilinişiça, nutq sözlagaç, Prigojin Rossiyaga qaytgan. 

«Vagner» jangçilari 11 iyuldan Belarus Respublikasi hududiga köçib ötişni boşladi. Hozirgi vaqtgaça 2 mingga yaqin yollanma jangçi Belarusda yiğilgan. 

Belarus Mudofaa vazirligi «vagnerçilar» Belarus harbiy xizmatçilari bilan tajriba almaşişini, keyinçalik, terrorizmdan mudofaa maşqlari boşlanganini e’lon qildi.