Suhbat chog‘ida hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi, deya xabar berdi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati. 

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ham ikki tomonlama darajada, ham mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holatini muhokama qildi. Ikki davlatning Markaziy Osiyo davlatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi sammitida ishtirok etishi davlatlar manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzularda ham samarali muloqot amalga oshirilgani aytilgan.