«Salom, yigitlar. Sizlarni körib turişdan mamnunman. Belarus diyoriga xuş kelibsiz», — deydi qoş qorayganda olingan videoda jussasi va ovozi Yevgeniy Prigojinni eslatadigan odam. U «Vagner» yollanma jangçilariga murojaat qilgan. Bunga javoban zulmat içidan tuşunarsiz hayqiriqlar eşitiladi. Video çorşanba kuni keçqurun mazkur xususiy harbiy kompaniyaga yaqin bölgan «Razgruzka Vagnera» va «Orkestr Vagnera | Wagner» kabi telegram-kanallarda tarqatildi. Bu Prigojinning RF mudofaa vazirligiga qarşi isyoni va Moskva tomon yakuniga yetmay qolgan yurişidan buyon ilk videosi böldi.

Prigojin XHK jangçilari Belarusga taşlanganini qanday izohladi?

«Siz munosib jang qildingiz, Rossiya uçun juda köp iş qildingiz», — deydi u videoda. Keyin esa yollanma jangçilar nima uçun Belarusga yuborilganini tuşuntira boşlaydi: «Hozir frontda sodir bölayotgan voqealar — biz unda iştirok etişimiz şart bölmagan şarmandalikdir. Va biz özimizni töliq namoyon qiliş mumkin böladigan vaqtni kutamiz. Şuning uçun biz biroz vaqt bu yerda, Belarusda bölişga qaror qildik. Bu vaqt içida biz Belarus armiyasini dunyodagi ikkinçi armiyaga  aylantiramiz, men bunga aminman. Agar agar kerak bölsa, ularni himoya qilamiz».

U öz nutqini yakunlagaç, yiğilganlarga «Vagnerga nom bergan komandir»ni taniştiradi. XHK bilan aloqador telegram-kanallar bu «afsonaviy Dmitriy Valereviç Utkin» ekanini tasdiqlagan. Gap «Vagner» XHK asosçilaridan biri haqida bormoqda, guruhga uning laqabi berilgan. Videoda Utkin özini «öşa Vagner» deb ataydi. Olomon uni gulduros qarsaklar va hayqiriqlar bilan kutib oladi.

«Amalga oşirilgan işlar uçun barçaga katta rahmat. Bu işlar tufayli «Vagner» XHK nomi butun dunyoga tanildi. Yigitlar, sizga katta rahmat, — deydi u videoda. — Bu yakun emas, bu tez orada boşlanadigan katta işlarning deboçasi, xolos. Xöş — welcome to hell (dözaxga xuş kelibsiz)».

Belarusga qança yollanma jangçilar kelgan?

Video kun botgan mahalda olingan – qoronğida Prigojin qarşisida saf tortgan yollanma jangçilar sonini aniq aytiş qiyin. Seşanba kuni xususiy harbiy kompaniya Belarusga 10 minggaça jangçi yöl olgani yoki yetib borgani haqida ma’lumot bergandi. Bundan ikki kun oldin esa «Belaruski Gayun» loyihasi mamlakatga kamida ikki ming jangçi yetib kelganini yozgandi.

Rossiya qamoxonalarida Ukrainadagi uruş uçun yollanganlar hozirça Belarusga bormagan bölişi mumkin. «Vajnyye istorii» jurnalistlari vagnerçilarning qarindoşlari muloqot qiladigan çatlardagi suhbatlarni örgangan holda şunday xulosaga kelgan.