“Özgidromet” xabariga köra, respublika hududining katta qismida havo quyoşli böladi, faqat Farğona vodiysi toğli hududlarida kun ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Ayrim joylarda şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.

Dam oliş kunlari havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati biroz kötariladi. Kunduz kunlari harorat +37...+40 daraja atrofida, janubda va çöl hududlarda +41...+43 darajagaça böladi.

Keyingi hafta davomida Özbekiston hududiga issiq havo kirib kelişi kuçayadi va havo harorati yana +1...+2 darajaga kötariladi.

Poytaxtda 21-23 iyul kunlari havo kam bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun +36...+38 daraja, şanba va yakşanba kunlari +38...+40 daraja böladi.