«Pari Sen-Jyermen» klubi va Italiya milliy jamoasi darvozaboni Janluidji Donnarumma Parijdagi uyida talonçilik qurboniga aylandi. Bu haqda Actu17 va RMC Sport naşrlari xabar bergan.

Qayd etilişiça, bu hodisa 21 iyulga ötar keçasi sodir bölgan. Talonçilar futbolçining uyiga bostirib kirib, uni va sevgilisini boğlab qöyişgan hamda ularni kaltaklaşgan. Yakunda jinoyatçilar jami 500 ming yevro qiymatdagi turli qimmatbaho buyumlarni olgan holda qoçib ketişgan.

Tongga yaqin Donnarumma va sevgilisi arqondan qutulib, yaqin atrofdagi mehmonxonaga borib yaşiringan. Mehmonxona xodimlari politsiyaga çaqirilgan, juftlik şifoxonaga yotqizilgan.

May oyida klubning boşqa bir darvozaboni Serxio Riko Ispaniyada otdan yiqilib, huşidan ketgandi. Keyinroq uşbu 29 yoşli futbolçi boşidan oğir jarohatlangani va futbolga qaytişi katta söroq ostida ekani ma’lum böldi. U şifoxonadaligi vaqtida 20 kg vazn taşlagan.

Donnarumma 2021 yil yozidan buyon «PSJ» safida töp surib kelmoqda. U jamoasi bilan ikki bor Fransiya çempionatida ğolib çiqib, bir bor Superkubokni qölga kiritgan. Italiya milliy jamoasi safida Donnarumma Yevro-2020 ğolibi bölgan, şuningdek Millatlar Ligasida ikki bor (2021, 2023) bronza medallarni qölga kiritgan.